15:43 / 29.05.2021
705
Jizzaxda 24 sotix yerni 42 million so‘mga olib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida fuqarolardan biriga 42 million so‘m evaziga yer olib berishni va'da qilgan firibgar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda, fuqaro X.Q. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, unga Sharof Rashidov tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan 24 sotix yer maydonini olib berishni va'da qilib, evaziga 42 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top