16:17 / 29.05.2021
16369

«Manchester Siti» «Chelsi»ga qarshi. Inglizcha final anonsi

Bugun, shanba oqshomida butun dunyo futbol muxlislarining e'tibori Portugaliyadagi «Dragau» stadioni tomon qaratiladi. Shu kuni klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turnir Chempionlar ligasining hal qiluvchi final bahsi doirasida «Manchester Siti» va «Chelsi» bosh sovrin uchun kurash olib borishadi. YeChL finali «Siti» tarixidagi dastlabkisi, «Chelsi» uchun esa 3-finalga aylanadi.

Finalgacha yo‘l

Manchester va London klublarining finalgacha yetib kelish yo‘llari oson bo‘lgani yo‘q. Gvardiola shogirdlari bu bosqichgacha «S» guruhi g‘olibligini qo‘lga kiritib, pley-off o‘yinlarida ikkita «Borussiya»ni va yarimfinalda o‘tgan yilgi finalchi «PSJ»ni mag‘lub etgan holda yetib kelishdi.

Tuxel boshqaruvigacha «Chelsi» «Ye» guruhi g‘olibligini qo‘lga kiritib, pley-offlarda «Atletiko», «Portu» va yarimfinalda kimsan «Real»ni turnirdan chiqarib yubordi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ushbu final Tuxel uchun ketma-ket ikkinchisi hisoblanadi. Nemis murabbiyi bir yil avval «PSJ» bilan finalgacha yetib borib, «Bavariya»ga imkoniyatni boy bergandi.

Finalgacha yo‘l:

«Manchester Siti»

Eng yaxshi to‘purarlari: Riyod Mahrez, Ferran Torres (4)

1/2 final: 4:1 - «Pari Sen-Jyermen»

1/4 final: 4:2 - «Borussii» Dortmund

1/8 final: 4:0 - «Borussii» Menxengladbax

C guruhi: 1-o‘rin

«Chelsi»

Eng yaxshi to‘purari: Olive Jiru (6)

1/2 final: 3:1 - «Reala»

1/4 final: 2:1 - «Portu»

1/8 final: 3:0 - «Atletiko»

Ye guruhi: 1-o‘rin

Kim qanday holatda?

Ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostidagi «Manchester Siti» Angliya chempionligi va Angliya liga kubogi sohibligini rasmiylashtirdi. Klub so‘nggi 6 o‘yindan 4tasida g‘alabaga erishgan. «Shaharliklar» so‘nggi o‘yinda «Everton»ni o‘ta yirik – 5:0 hisobida mag‘lub etishdi.

«Manchester Siti»

So‘nggi natijalar: G‘/M/G‘/M/G‘/G‘

So‘nggi o‘yin: «Man. Siti» - «Everton» 5:0, 23 may.

Yakuniy natijasi: Angliya chempioni, liga kubogi g‘olibi.

Nemis murabbiyi qo‘l ostida finalgacha yetib kelgan «aristokratlar» oxirgi 6 o‘yindan 3tasida g‘alaba va 3tasida mag‘lubiyat qayd etishdi. London klubi Angliya Premer-ligasi so‘nggi turi doirasida Birmingemda «Aston Villa»ga mag‘lubiyatga (2:1) uchradi.

Shunga qaramay, «Chelsi» «Manchester Siti»ga qarshi so‘nggi o‘yinlarda muvaffaqiyatli o‘ynay olmoqda. Jumladan, Angliya kubogi yarimfinali va APL doirasida Tuxel shogirdlari Gvardiola jamoasidan ustun kelishgandi.

«Chelsi»

So‘nggi natijalar: M/G‘/M/M/G‘/G‘

So‘nggi o‘yin: «Aston Villa» - «Chelsi» 2:1, 23 may

Yakuniy natija: APLda 4-o‘rin, Angliya kubogi finalchisi.

O‘zaro so‘nggi 5 o‘yini:

08.05.2021. APL. Manchester Siti – Chelsi – 1:2

17.04.2021. AK 1/2 final. Chelsi – Manchester Siti – 1:0

03.01.2021. APL. Chelsi – Manchester Siti – 1:3

26.06.2020. APL. Chelsi – Manchester Siti – 2:1

23.11.2019. APL. Manchester Siti – Chelsi – 2:1

Kimlar maydonga tushishi mumkin?

Bu borada ikki jamoada ham jiddiy muammo bor deb bo‘lmaydi. Shu bois Pep Gvardiola ham, Tomas Tuxel ham o‘zi istagan tarkibdan foydalanish imkoniyatiga ega. So‘nggi o‘yinlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, tarkib quyidagicha ko‘rinish olishi kutilmoqda:

«Manchester Siti»: Ederson; Uoker, Stounz, Ruben Diash, Zinchenko; Bernardu Silva, Fernandino, Gundo‘g‘an; Mahrez, de Bryuyne, Foden

«Chelsi»: Mendi; Kristensen, Tyago Silva, Ryudiger; Aspilikueta, Jorjino, Kante, Chiluell; Pulishich, Verner, Maunt

O‘yinni kim boshqaradi?

UYeFA Angliya klublari o‘rtasidagi final bahsini boshqarishni ispaniyalik hakamlarga topshirgan. Hal qiluvchi to‘qnashuvni 44 yoshli Antonio Mateu Laos boshqarib boradi. Finalni tomosha qilish uchun 52 ming tomoshabinni sig‘dira oladigan «Dragau» stadioniga jami 16 500 nafar muxlis kiritilishiga ruxsat berilgan.

Anons. YeChL finali.

29 may (shanba)

MANCheSTeR SITI – CheLSI

Portugaliya, «Dragau» stadioni.

Final boshlanish vaqti: 23:59.

TV-translatsiya: UzReportTV.

Sharhlovchilar: Xayrulla Hamidov, Hasan Turdaliyev.

Mavzuga oid
Top