08:01 / 29.05.2021
1725

Qoraqalpog‘istonda koronavirus tufayli onlayn ta'limga o‘tgan OTMlar soni 3 taga yetdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti chet tillari fakulteti talabasida koronavirus infeksiyasi (COVID-19) aniqlangan. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar berdi.

Nukus shahar Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining xati asosida mazkur fakultet talabalari 27 maydan boshlab o‘qish jarayonini onlayn (masofaviy) tarzda davom ettiradi.

Shuningdek, geografiya o‘qitish metodikasi ta'lim yo‘nalishi o‘qituvchisida «COVID-19» virusi aniqlangani sababli, ushbu ta'lim yo‘nalishining 3-kurs talabalarining o‘qishi onlayn (masofaviy) tarzda olib boriladi, deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Beruniydagi 1-, 54-umumta'lim maktablari, Nukusdagi «Progress» ta'lim va rivojlantirish maktabi va 34-, 15-sonli maktablarda ta'lim masofaviy shaklga o‘tkazilgan edi. Shundan keyin QQDUning koronavirus sabab masofaviy ta'lim shakliga o‘tkazilgan fakultetlari soni 6 taga yetdi. Yaqinda TATU Nukus filialida o‘qish masofaviy shaklga o‘tkazilgandi.

Top