11:44 / 29.05.2021
9219
Samarqandda Isuzu yuk mashinasi Zarafshon daryosi qirg‘og‘iga ag‘darilib ketdi

Samarqand shahrida Isuzu yuk mashinasi Zarafshon daryosi qirg‘og‘iga ag‘darilib ketgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, bugun, 29 may kuni soat 05:30larda M37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi xalqaro avtomobil yo‘lining Samarqand shahri hududidan o‘tuvchi 35-kilometrida Toshkent-Navoiy yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Isuzu yuk mashinasi Zarafshon daryosining qirg‘og‘iga ag‘darilib ketgan.

Qayd etilishicha, yuk mashinasining haydovchisi uxlab qolgan va boshqaruvni yo‘qotgan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Yuk mashinasi va unga ortilgan yuklar jiddiy shikastlangan.

Top