09:27 / 29.05.2021
38364
Xorazmdagi mudhish yo‘l-transport hodisasida 4 nafar o‘quvchi vafot etdi

24 may kuni Xorazm viloyati, Yangiariq tumanida mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Shu tumanda yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan shaxs Nexia avtomashinasini boshqarib borayotib, «Yangiariq – Xonqa» yo‘lining 14-kilometrida, yo‘l chetida borayotgan, 11-sinf bitiruvchisi bo‘lgan 6 nafar o‘quvchini urib yuborgan va ariqqa ag‘darilgan. 

Oqibatda, 3 nafar maktab o‘quvchisi hodisa joyida, 1 nafari shifoxonada og‘ir tan jarohatlari tufayli vafot etgan. 2 nafar o‘quvchi shifoxonaga yotqizilgan.

Holat bo‘yicha avtomashina haydovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Top