23:20 / 30.05.2021
19077
Bayden Putin bilan uchrashuvda hamkasbiga nima haqida gapirishini aytdi

AQSh prezidenti Jo Bayden rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuvda Vashington Rossiya rahbariga inson huquqlarini buzishga ijozat bermasligini bildirib qo‘yishini aytdi. 

Foto: Reuters

«Ikki haftadan keyin prezident Putin bilan Jyenevada uchrashaman va unga biz inson huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz hamda bunga nisbatan qo‘l qovushtirib o‘tirmasligimizni bildirib qo‘yaman», deb Baydenning so‘zlarini keltirib o‘tgan Reuters axborot agentligi.

Putin va Bayden Jyenevada 16 iyunda uchrashishi kutilmoqda. Kremlning xabar qilishicha, tomonlar uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar holati va istiqbollarini, strategik barqarorlik va xalqaro dolzarb masalalarni, jumladan, koronavirusga qarshi kurashdagi hamkorlik va hududiy ixtiloflarni tartibga solishni muhokama qiladi.

 Oq uy matbuot kotibi Jyen Psakining ma'lum qilishicha, Vashington Moskva bilan munosabatlarda «barqarorlikni» tiklashga intilmoqda. Uning ta'kidlashicha, AQSh tomoni o‘zaro ziddiyatlar mavjudligi sababli uchrashuv «murakkab» o‘tishini kutmoqda. Shuningdek, uchrashuvda Ukraina va Belarus mavzulari ham ko‘tariladi.

Top