12:00 / 30.05.2021
10821
Mobiuz suhbat chegaralarini kengaytirdi
Foto: Mobiuz

Mobiuz mobil aloqa operatorining barcha tarif rejalarida daqiqalar to‘plami sezilarli darajada oshirildi, abonent to‘lovlari esa o‘zgarishsiz qoldi.

Mobiuz abonentlari qancha daqiqa sarflaganliklari haqida qayg‘urmasdan qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin. Kompaniyaning tarif rejasidan qat'i nazar, barcha mahsulotlarda xizmat ko‘rsatish shartlari yaxshilandi. Bu Mobiuz’ning mijozlarga yo‘naltirilgan rivojlanish strategiyasini amalga oshirish natijasidir.

O‘tgan yilning kuzida Mobiuz mobil aloqa operatori 16 ta eng ommabop tarif rejalarini qayta ko‘rib chiqib, ulardagi mobil Internet-to‘plamlarini sezilarli darajada oshirgandi. Masalan, Mobi 90 tarifida 18 ming MB o‘rniga 65 ming MB berila boshlandi. Endi esa bu va boshqa ko‘plab Mobiuz tarif rejalari ko‘paytirilgan daqiqa va SMS-xabarlar to‘plamlarini o‘z ichiga oldi. Asosiy e'tibor arzon tariflarga qaratildi.

Yanada qulay bo‘lgan ba'zi tarif rejalari:

Mobi 20: oyiga 20 ming so‘mga 2 ming daqiqa, MB va SMS (ilgari – 500 daqiqa va SMS, 2 ming MB);

Mobi 25: oyiga 25 ming so‘mga 3,5 ming daqiqa, MB va SMS (ilgari – 750 daqiqa va SMS, 3,5 ming MB);

Mobi 30+: oyiga 30 ming so‘mga 5 ming daqiqa va MB, 3,5 mingta SMS (oldin – 1 ming daqiqa va SMS, 5 ming MB);

Gap Yo‘q: oyiga 35 ming so‘mga tarmoq ichida cheksiz suhbat, 500 daqiqa va 10 ming MB (ilgari – faqat 10 ming MBlik Internet-to‘plam);

Mobi 40: oyiga 40 ming so‘mga tarmoq ichida cheksiz suhbat, 5 ming daqiqa, 8 ming MB, 3,5 mingta SMS (ilgari – 1,2 ming daqiqa va SMS, 8 ming MB);

Mobi 50: oyiga 50 ming so‘mga tarmoq ichida cheksiz suhbat, 5 ming daqiqa, 10 ming MB, 3,5 mingta SMS (avval – 1,5 ming daqiqa va SMS, 10 ming MB).

Mobiuz’ning shartlari yaxshilangan barcha tariflarini kompaniya veb-saytida ko‘rishingiz mumkin: https://mobi.uz/uz/tariff/.

Shu bilan birga, Mobiuz mobil aloqa operatori mobil Internetni yanada qulay narxlarda taqdim etish bo‘yicha bir qator faolliklarni amalga oshirmoqda. Xususan, avgust oyining oxirigacha kunlik Internet-to‘plamlar va “Tungi DRIVE” tungi cheksiz Internet xizmati narxlari pasaytirilgan. Masalan, kompaniya abonentlari atigi 20 ming so‘mga 7 tun davomida (00:00 dan 07:59 gacha) mobil Internetdan hech qanday cheklovlarsiz foydalanishlari mumkin.

«Mobiuz mahsulot va xizmatlari narxlari va shartlarini bosqichma-bosqich yaxshilash ustida muntazam ish olib bormoqda. Kompaniya abonentlar va mijozlarning ehtiyojlarini qondirishga, shuningdek, mobil aloqa xizmatlari bozorida ijobiy o‘zgarishlarni boshlab berishga intilib kelmoqda. Biz buni mehribon va g‘amxo‘r mobil aloqa operatori faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri deb bilamiz», - deya qayd etdi Mobiuz’ning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rasmiy vakili Sardor Tojiyev.

Mobiuz mobil aloqa operatorining barcha yangiliklarini t.me/MOBIUZuzb Telegram-kanalidan tezkor ravishda bilib olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Top