22:28 / 30.05.2021
2425

Navoiy viloyatida joriy yilda yo‘l-transport hodisalari va ular bilan bog‘liq o‘lim holatlari soni oshgan

Navoiy viloyatida joriy yilda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan yo‘l-transport hodisalari va ular bilan bog‘liq o‘lim holatlari ko‘paygan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Navoiy viloyatida joriy yilda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan yo‘l-transport hodisalarining soni sezilarli oshgan.

Jumladan, o‘tgan yilning shu davrida 64ta yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan bo‘lsa, bu yil ularning soni 74tani tashkil etgan.

Jarohatlanganlar soni: 2020 yilda 53 nafar, 2021 yilda 57 nafar bo‘lgan.

Vafot etganlar soni: 2020 yilda 22 nafar, 2021 yilda 27 nafarga oshgan.

Yo‘l-transport hodisalarining sabablari o‘rganilganda, ular:

  • tezlikni oshirish,
  • transport vositasini mast holda boshqarish,
  • charchoq tufayli boshqaruv paytida uxlab qolish,
  • qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketish,
  • piyodalarga yo‘l bermaslik,
  • svetofor ishoralariga bo‘ysunmaslik,
  • piyodalarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi oqibatida yuz bergan.
Top