09:00 / 30.05.2021
3467
Qamashi tumanining sobiq hokimi 57 yoshida vafot etdi

Qamashi tumaniga 12 yil hokimlik qilgan Rashid Muhammadiyev vafot etdi.

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanining sobiq hokimi Rashid Muhammadiyev 57 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Sobiq hokim 29 may kuni vafot etgan. Marhumning vafoti sababi ma'lum qilinmagan.

Rashid Muhammadiyev 1964 yil G‘uzor tumanida tug‘ilgan bo‘lib, Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.

Qamashi tumanini 2005-2017 yillarda boshqargan. Hokimlikdan ketgach, ayni kungacha viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan.

Top