09:51 / 31.05.2021
1979
Buxoroda qidiruvda bo‘lgan firibgar Toshkentda qo‘lga olindi
Foto: Illyustrativ

Buxoro viloyatida qidiruv e'lon qilingan firibgar Toshkent shahrida qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Buxoro viloyati IIB hamda G‘ijduvon tumani IIOFMB xodimlarining hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida Jinoyat kodeksining 46- va 168-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilib, sud organlaridan yashirinib yurgan shaxs Toshkent shahrida qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, tumanning Bobog‘ozi mahallasida ro‘yxatda turuvchi, 1978 yilda tug‘ilgan R.U.ga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumani sudi tomonidan 2021 yil 27 aprel kunidan qidiruv e'lon qilingan. Mazkur shaxs Toshkentda qo‘lga olingandan so‘ng shahar IIBBga qarashli vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Top