10:39 / 31.05.2021
4026
Foto: To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi yoshlar festivalida ishtirok etdi

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanining barcha hududlarida 29-31 may kunlari «Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik» shiori ostida yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Zulayho Mahkamova ham ishtirok etdi.

Tuman hokimligi matbuot xizmatining qayd etishicha, festival davomida turli ko‘ngilochar musiqiy va sport tadbirlari, kitobxonlik, ibratli oilalarning ko‘rik-tanlovlari, tadbirkorlik namunalari, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi kabi ko‘plab tadbirlar o‘tkazilgan.

Tumandagi yoshlarning erishgan yutuqlari, ko‘zlagan marralari, iqtidor va salohiyatlari namoyish etilgan. Tanlovlar g‘oliblari va faol ishtirokchilar tuman hokimligining maxsus sovg‘alari bilan taqdirlangan.

Top