21:31 / 31.05.2021
14507

Janubiy Koreya Kim Chen In bir oyga yaqin vaqtdan beri ko‘rinish bermayotganini ma'lum qildi

Foto: Getty Images

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 kundan beri omma oldida ko‘rinish bermayapti. Ta'kidlanishicha, bu uning joriy yil boshidan buyon uzoq vaqtga ko‘zdan g‘oyib bo‘lishidir. Bu haqda Janubiy Koreyaning Koreyalarni birlashtirish vazirligi vakili Li Chjon Juga tayanib «Ryonxap» axborot agentligi xabar berdi.

Vazirlik vakili buning sababini bilmasligini va hozir bu holat yuzasidan izoh berishning mavridi emasligini aytgan.

Avvalroq janubiy koreyalik ekspertlar Kim Chen In koronavirus yuqtirib olishdan xavotirlanib, joriy yilda ommaviy tadbirlarga kamroq tashrif buyurayotgani haqidagi taxminni ilgari surishgan.

2020 yil bahorida ham Shimoliy Koreya yetakchisining muayyan vaqtga ko‘zdan g‘oyib bo‘lishi uning jiddiy kasallikka uchragani va hattoki o‘lgani haqida mish-mishlar tarqalishiga olib kelgan. Biroq u 20 kun o‘tib, 2 may kuni Sunchxondagi o‘g‘itlar ishlab chiqarish zavodi ochilishida ishtirok etib, bunday gaplarning «bolalashi»ga chek qo‘ygandi.

Mavzuga oid
Top