13:37 / 31.05.2021
2247

Nukus davlat pedagogika institutining 2 ta binosidagi 4 ta fakultetda o‘qish onlayn qilindi

Oldinroq Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti chet tillari fakulteti talabasida koronavirus infeksiyasi (COVID-19) aniqlangani haqida xabar bergandik. 27 maydan boshlab mazkur fakultet talabalari o‘qish jarayonini onlayn (masofaviy) tarzda davom ettirishayotgandi.

29 may kuni chiqarilgan institutning matbuot xizmati axborotnomasiga ko‘ra, OTMda masofaviy ta'lim shakliga o‘tkazilgan fakultetlar soni 4 taga yetgan. Institutning 4-o‘quv binosidagi fakultetlar - chet tillari va jismoniy madaniyat fakultetlari, shuningdek, 9-o‘quv binosidagi fakultetlar - tarix va tabiiy fanlar fakultetlarida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida o‘quv jarayoni 29 may sanasidan boshlab onlayn (masofaviy) o‘qitish shaklida olib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Beruniydagi 1-, 54-umumta'lim maktablari, Nukusdagi «Progress» ta'lim va rivojlantirish maktabi va 34-, 15-sonli maktablarda ta'lim masofaviy shaklga o‘tkazilgan edi. Shundan keyin QQDUning koronavirus sabab masofaviy ta'lim shakliga o‘tkazilgan fakultetlari soni 6 taga yetdi. Yaqinda TATU Nukus filialida o‘qish masofaviy shaklga o‘tkazilgandi.

Mavzuga oid
Top