20:33 / 31.05.2021
14809

Ryanair samolyoti «minalashtirilgani» haqidagi xabardan keyin Berlinda qo‘ndirildi

Berlinda 30 may kuni kechasi Ryanair aviakompaniyasining Dublindan Krakovga reys bajargan samolyoti favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bild Zeitung nashrining xabar berishicha, bu samolyot bortida bomba borligi haqidagi xabardan keyin yuz bergan.

Foto: Getty Images

Samolyotdagi barcha yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan. Barcha yuk ko‘zdan kechirilgan, biroq hech qanday portlovchi modda topilmagan.

Samolyotda 160 kishi bo‘lgan va u 31 may ertalabgacha uchish-qo‘nish yo‘lagida ushlab turilgan.

Yo‘lovchilar Polshaga zaxira samolyotida jo‘natilgan.

23 may kuni Ryanair’ning Afinadan Vilnyusga reysni amalga oshirgan samolyoti xuddi yuqoridagi sababga ko‘ra Minskda qo‘ndirilgandi. Samolyotda bomba topilmagan, ammo unda uchgan belaruslik muxolifatchi jurnalist Roman Protasevich qo‘lga olingan.

Ushbu hodisa xalqaro mojaro keltirib chiqargan. Bir qator davlatlar bunda Belarusni ayblab, u bilan aviaaloqani to‘xtatishga va respublika aviakompaniyalariga o‘z hududlari ustidan uchishni taqiqlashga qaror qilgan. G‘arb davlatlari hodisa yuzasidan Belarusga nisbatan sanksiyalar tayyorlamoqda.   

Mavzu
Afina-Vilnyus reysi mojarosi
Minskda Nexta muxolifatchi Telegram-kanali sobiq muharriri Roman Protasevich qo‘lga olindi. U uchayotgan samolyot bomba haqidagi xabar tufayli Belarusga favqulodda qo‘ndirildi. Qo‘nish haqidagi qarorni Lukashenkoning shaxsan o‘zi «Yevropani himoya qilish» uchun qabul qilgan
Barchasi
Mavzuga oid
Top