18:51 / 31.05.2021
1542
Samarqandda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida piyoda vafot etdi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida piyoda vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 31 may kuni soat 12:21 larda Paxtachi tumani Boymat mahallasi hududidan o‘tuvchi M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi avtomobil yo‘lining 124-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. Fuqaro R.A. boshqaruvidagi Nexia avtomashinasi piyodalar o‘tish yo‘lakchasidan o‘tayotgan piyodalarga yo‘l berish uchun to‘xtagan vaqtda, shu yo‘nalish bo‘ylab oraliq masofani saqlamasdan kelayotgan Isuzu yuk avtomashinasi uning orqasidan kelib urgan.

Oqibatda Nexia ichida bo‘lgan yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, shifoxonada vafot etgan.

Qayd etilishicha, mazkur xolat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top