13:39 / 31.05.2021
6489

«Uzbekistan Airports» O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlarni boshqarish bo‘yicha shartnomalar tuzdi 

«Uzbekistan Airports» AJda aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi a’zolari ishtirokida prezidentning mamlakat fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qaroriga binoan O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlari bilan boshqaruv shartnomalari imzolandi.

Shu tariqa, «Uzbekistan Airports» AJ barcha aeroportlarning yagona ijro etuvchi organiga aylandi. Uning asosiy vazifalari - barcha aeroportlarni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish, ular faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va aeroportni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy oqimlarni to‘plash, infratuzilma va yangi texnologiyalarni joriy etish.

«O‘zbekistonda aeroportlarni rivojlantirish uchun juda muhim qadam tashlandi - aeroportlarni yagona markazdan rivojlantirish uchun huquqiy asos yaratildi», deydi «Uzbekistan Airports» boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva. 

Ma’lum qilinishicha, ushbu qadam oldidan Moliya vazirligi, Transport vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan keng ko‘lamli ishlar olib borildi. Har bir aeroportning ustavlariga o‘zgartirishlar kiritildi, ularning tashkiliy-funksional tuzilmalari va xodimlar shtatiga KPI’s asosida ishchilar ish haqini oshirishga qaratilgan mehnatni rag‘batlantirish choralari kiritildi. 

«O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 30 apreldagi 5100-sonli qaroridan olingan ko‘rsatmalarning muhim bandlaridan biri bajarildi. Endi, barcha xalqaro aeroportlarning boshqaruv kompaniyasi sifatida «Yo‘l xaritasini» to‘liq amalga oshirish, aeroportlarda ishlarni yo‘lga qo‘yish mumkin», dedi Ra’no Jo‘rayeva. 

Mavzuga oid
Top