10:36 / 01.06.2021
6905

Koronavirus: Kunlik holatlar soni 200dan kam bo‘ldi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 96 ming nafardan oshgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 31 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 100495 (+160) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 3 nafari Jizzax viloyatida,
  • 10 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Namangan viloyatida,
  • 22 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 18 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 4 nafari Xorazm viloyatida,
  • 23 nafari Toshkent viloyatida,
  • 66 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

O‘zbekistondagi kunlik kasallanish bo‘yicha bundan oldingi eng past ko‘rsatkich 17 may kuni aniqlangan, o‘shanda 175 kishiga kasallanish tashxisi qo‘yilgandi.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 nafar,
  • Buxoro viloyatida 3 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 6 nafar,
  • Navoiy viloyatida 5 nafar,
  • Namangan viloyatida 3 nafar,
  • Samarqand viloyatida 59 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 9 nafar,
  • Toshkent shahrida 47 nafar,
  • Toshkent viloyatida 87 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 96223 (+230) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Qatorasiga ikkinchi kun o‘lim holatlari qayd etilmayapti.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3652 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top