10:52 / 01.06.2021
13911
Reklama

Magic City’da bolalar uyi, maktab-internatlar hamda kam ta'minlangan oilalar va fan arboblari farzandlari uchun xayriya kechasi bo‘lib o‘tdi

Foto: Magic City

Magic City bu — ulkan sehrli shaharcha bo‘lib, u bolalarga ertaknamo shukuh va tabassum ulashishga qaror qildi.

31 may kuni Magic City’da kam ta'minlangan oilalar farzandlari, bolalar uyi va maktab-internatlar hamda olimlar oilalari farzandlari uchun xayriya kechasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy maqsadi — bolalar uchun bayramona kayfiyat yaratish, shuningdek, bog‘ tarixi bilan tanishtirish edi.

The Magic jamoasi bolalar sehrli bog‘ning asosiy qahramoni — Fanikl bilan birgalikda haqiqiy sayohatga chiqishlari mumkin bo‘lgan shou dasturni taqdim etdi. Oqshomni tashkillashtirish uchun teatr aktyorlari, balet va sirk truppasi, akrobatlar, shuningdek, yurtimizda taniqli bo‘lgan bolalar ansambl jamoalari jalb qilindi.

Istirohat bog‘i hududida ertaknamo muhitni yaratish uchun mehmonlarni taxtaoyoq aktyor, masxaraboz va animatorlar kutib olishdi. Bundan tashqari, mehmonlar favvoralar shousi go‘zalligidan bahramand bo‘lishdi va tadbirning yakuniy bosqichida hayratlanarli mushakbozlik uyushtirildi.

Shou yakunida barcha bolalarga brend futbolkalar, kepkalar, sharlar, «Tanga bilan dunyo bo‘ylab» kitobi va Crafers tomonidan shirinlik va sovg‘alar taqdim etildi.

Magic City bugundan ochiq. Park hududida sayr qilish uchun tematik ko‘chalar, Registon va Kolizey maydonlari, ajabtovur musiqali favvora, park markazidagi ertaknamo qasr, va shuningdek, O‘zbekistondagi birinchi bino ichidagi attraksionlar parki ishga tushgan.

Magic City’ga kirish bepul.

Ish vaqti: har kuni 10:00 dan 23:00 gacha.

Manzil: Toshkent shahri, Bobur ko‘chasi, 174. Mo‘ljal: Beshyog‘och, eski Milliy Bog‘

Loyihaning rasmiy sayti: magiccity.uz

Instagram: instagram.com/magiccityuz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top