10:15 / 01.06.2021
15561

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ikki kunlik amaliy tashrif davomida energetika, agrosanoat, savdo va qishloq xo‘jaligi loyihalari salohiyati bilan tanishish, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan.

Anorchilik va ipakchilik viloyat iqtisodiyotining «drayveri»ga aylanib bormoqda. Safar dasturida ushbu tarmoqlar rivojiga alohida ahamiyat qaratilishi aytiladi. 

Top