14:19 / 02.06.2021
2752
EPSILON (EDC): Chigil-8 qudug‘i berayotgan gazning kunlik hajmi 80 ming kub. m ni tashkil etdi

Joriy yil 2 iyun kuni quduqda mukammal ta'mirlash va GRP ishlari yakunlangach, undan sanoat darajasidagi gaz oqimi olindi. Joriy yilning 3 iyun kuni esa olinayotgan gazni respublika aholisiga yetkazib berish maqsadida quduq gaz uzatish tarmog‘iga ulanadi.

Barcha ishlar sanitariya-epidemiologiya va ekologiya talablariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati

Top