02:17 / 02.06.2021
5361

JSST Xitoyning Sinovac vaksinasini favqulodda qo‘llashga ruxsat berdi

Foto: AP

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoy Sinopharm kompaniyasining koronavirusga qarshi Sinovac-CoronaVac vaksinasini favqulodda qo‘llashga ruxsat berdi.

«Bugun Sinovac-CoronaVac vaksinasi xavfsiz, samarali va sifati kafolatlangan deb tan olingandan keyin JSSTning favqulodda qo‘llash uchun ruxsat berilgan vaksinalari ro‘yxatiga kiritilganini ma'lum qilishdan xursandman», deb aytgan JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyyesus.

7 may kuni JSST Sinopharm vaksinasini favqulodda qo‘llashga tavsiya qilgandi. O‘shanda Gebreyyesus Sinovac JSST xavfsiz va samarador deb topgan oltinchi vaksina bo‘lganini ma'lum qilgan. 

Bugungi kunda JSSTning favqulodda qo‘llash uchun ruxsat etilgan vaksinalari orasida Pfizer va BioNTech, Johnson&Johnson, Moderna va AstraZeneca kompaniyasining ikkita variantdagi vaksinalari bor.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top