10:19 / 02.06.2021
10503
Koronavirus: O‘zbekistonda yana bir bemor vafot etdi, 200dan ortiq yangi holatlar aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda respublikaning barcha hududlarida koronavirusga chalinish holatlari aniqlanib, bir nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 1 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 100726 (+231) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 4 nafari Andijon viloyatida,
  • 3 nafari Buxoro viloyatida,
  • 4 nafari Jizzax viloyatida,
  • 5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 1 nafari Navoiy viloyatida,
  • 1 nafari Namangan viloyatida,
  • 42 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 5 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 3 nafari Xorazm viloyatida,
  • 50 nafari Toshkent viloyatida,
  • 102 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Jizzax viloyatida 8 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,
  • Namangan viloyatida 3 nafar,
  • Samarqand viloyatida 40 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 22 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 3 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 4 nafar,
  • Xorazm viloyatida 10 nafar,
  • Toshkent viloyatida 27 nafar,
  • Toshkent shahrida 228 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 96569 (+346) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 691 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3466 nafar bemor davolanmoqda.

Top