12:15 / 02.06.2021
13293
Korxonalar ochilyapti, lekin svet yo‘q, suv yo‘q, ishlolmayapti – Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida viloyat faollari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. 

Foto: Prezident matbuot xizmati (arxiv)

“Surxondaryo viloyati bo‘yicha bir oy muddatda sanoat sohasidagi jami qiymati 928 million dollar bo‘lgan 56 ta qo‘shimcha istiqbolli loyihaning har birini chuqur o‘rganib, tashabbuskori va moliyalashtirish manbasini aniq belgilagan holda, ularni amalga oshirish bo‘yicha tarmoq jadvallari tasdiqlansin. E'tibor qilinglar – 928 million dollar pul faqat Surxondaryoga ajratilyapti, kam bo‘lsa yana beramiz. Lekin natija bo‘lsin.

Boysun, Sariosiyo, Sherobodni – qurilish materiallari, Qiziriq – yengil, Oltinsoy – oziq-ovqat, Angor – charm, Bandixon, Muzrabot tumanlarini mahalliy sanoatga ixtisoslashtirib, ushbu tumanlarda tegishli klasterlar tashkil etish choralari ko‘rilishi kerak. 

Xususan, Sariosiyoda qurilish materiallari ishlab chiqarish innovatsion industrial zonasini tashkil etish lozim. 

Bu 8 ta ixtisoslashtirilgan tumanda sanoatni rivojlantirish uchun zarur bo‘ladigan, jami 674 kilometr suv, elektr, gaz, yo‘l, aloqa tarmoqlarini qurish bo‘yicha manzilli loyihalar ro‘yxati shakllantirilsin.

Korxonalar ochilyapti, lekin svet yo‘q, suv yo‘q, ishlolmayapti. Kommunikatsiyani yaratib berishimiz kerak avval”, – deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Top