21:47 / 02.06.2021
1947

Samarqandda qoidani buzib harakatlangan haydovchi urib yuborgan ayol vafot etdi

Samarqand viloyati Jomboy tumanida qoidani buzib qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan haydovchi yo‘l chetida ketayotgan ayolni urib yuborgan. Oqibatda ayol hodisa yuz bergan joyda vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB  YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 27 may kuni mahalliy ahamiyatdagi 5K502 Jomboy-G‘azira avtomobil yo‘lining Jomboy tumani A.Qurbonov mahallasi hududidan o‘tgan 2-kilometrida ayanchli yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. Nexia mashinasi haydovchisi qoidalarni buzgan holda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, yo‘l chetida ketayotgan 46 yoshli ayolni urib yuborgan. Oqibatda ayol og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, Jomboy tuman IIB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Top