15:13 / 03.06.2021
4220
Lukashenko Belarusda ikkinchi AES qurilishi mumkinligini aytdi

BelAESning birinchi bloki o‘tgan yilning 3 noyabr kuni Belarus yagona energiya tizimiga ulangan, 7 noyabrda uning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tgandi.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda ikkinchi atom elektr stansiyasi qurilishi mumkinligini aytdi

«Kerak bo‘lsa, ikkinchi atom stansiyasini ham quramiz. Butun kelajak mana shunda. Bizni G‘arb, ayniqsa qo‘shnilarimiz doim tanqid qilib keldi: "Oh, stansiya, xavfsizlik va boshqalar". O‘zlari esa stansiyalar qurishni rejalashtirishdi», — dedi u.

Avvalroq Belarus milliy fanlar akademiyasi prezidiumi raisi Vladimir Gusakov kelgusida respublikada ikkinchi va uchinchi AESlarni qurishga to‘g‘ri kelishini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 3-5 yildan so‘ng bitta AESning quvvati yetarli bo‘lmay qoladi.

BelAESning birinchi bloki o‘tgan yilning 3 noyabr kuni Belarus yagona energiya tizimiga ulangan, 7 noyabrda uning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tgandi.

9 noyabr kuni AES elektr energiyasi ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Bunga texnik tusdagi muammolar sabab bo‘lgan. Xabarlarda aytilishicha, kuchlanish transformatori ishdan chiqqan.

Fevralda Yevroparlament Belarus AESi faoliyati to‘xtatilishini talab qildi.

Top