23:08 / 03.06.2021
6940

O‘zbekiston va Tojikiston transport vazirliklari vakillari Panjikent-Samarqand temir yo‘l qurilishini muhokama qildi

Tomonlar epidemiologik talablarga rioya qilgan holda mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlarni hamda «Bekobod-Istiqlol-Bekobod» temir yo‘l uchastkasi va «Patar-Andarxon» nazorat-o‘tkazuv punkti orqali yuk tashishni tiklash imkoniyatini ko‘rib chiqdi.

Foto: Tojikiston transport vazirligi

O‘zbekiston va Tojikiston transport vazirlari o‘rinbosarlari Abdusamat Mo‘minov hamda Shoista Saidmurodzoda Panjikent (Tojikiston) va Bulung‘ur/Jomboy (O‘zbekiston) uchastkasida yangi temir yo‘l liniyasi qurish loyihasini muhokama qildi. Bu haqda Tojikiston transport vazirligiga tayanib Aziya-Plyus xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, shuningdek, ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasidagi «O‘zbekiston hududi orqali xavfli yuklarni tranzit qilish to‘g‘risida»gi kelishuv loyihasi ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari, tomonlar epidemiologik talablarga rioya qilgan holda mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlarni hamda «Bekobod-Istiqlol-Bekobod» temir yo‘l uchastkasi va «Patar-Andarxon» nazorat-o‘tkazuv punkti orqali yuk tashishni tiklash imkoniyatini ko‘rib chiqdi.

Vazirlikning qayd etishicha, uchrashuv yakunlariga ko‘ra tegishli protokol imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, 10–12 iyun kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga rasmiy tashrifini amalga oshiradi.

Top