18:56 / 03.06.2021
1650

Shayxontohur tumanida fuqarodan o‘qishni ko‘chirib berish uchun pora olgan firibgar ushlandi

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida soxta hujjatlar tayyorlab Qirg‘izistondan O‘zbekistonga o‘qishini ko‘chirib berish evaziga pora talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda

Ma'lum bo‘lishicha, Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan DXXning Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.X. noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Qirg‘izistonda joylashgan tibbiyot bilim yurtining 1-bosqichini tamomlaganligi to‘g‘risidagi ma'lumotnoma tayyorlab berishi va shu orqali o‘qishni Toshkent tibbiyot akademiyasiga ko‘chirib 2-bosqichdan davom ettirish masalasini hal qilib berishi evaziga 5 500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top