16:42 / 03.06.2021
6413
Simone Indzagi – «Inter» bosh murabbiyi

«Inter» klubi Simone Indzagi jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini e'lon qildi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, 45 yoshli italiyalik mutaxassis milanliklar bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekkan.

Indzagi 2016 yildan buyon «Latsio» bosh murabbiyi sifatida ishlab, o‘tgan haftada Rim klubidan iste'foga chiqqandi. «Burgutlar» A Seriya joriy mavsumini 6-o‘rinda yakunlashdi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha «Inter» bosh murabbiyi sifatida ishlagan Antonio Konte 10 yillik tanaffusdan keyin «neradzurrilar»ga skudettoni olib bergandi. Biroq chempionlikdan keyin Konte rahbariyat bilan kelishmovchilik tufayli klubni tark etdi.

Top