20:00 / 03.06.2021
5464
Toshkentda TAS Motors kompaniyasining maxsus texnikaga xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash bo‘yicha servis markazi ochildi

Barcha zarur uskunalar bilan jihozlangan yangi servis markazi mijozlar uchun maxsus texnikaga xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqartirish imkonini beradi.

2021 yil 2 iyun kuni Toshkentda, Yangihayot tumani hududida TAS Motors multibrend servis markazi, shuningdek  TAS (Texnika Advans Servis) kompaniyasi shourumi va bojxona omborining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

TAS 15 yil mobaynida XXRdan maxsus texnika va uskunalarni yetkazib berish bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanib kelmoqda. XCMG (2021 yilda kompaniya jahondagi eng yirik yo‘l-qurilish texnikasi ishlab chiqaruvchilari reytingida 3-o‘rinni egalladi), SHACMAN,   SHANTUI  kabi yo‘l-qurilish texnikasi va tijorat transportining eng yirik ishlab chiqaruvchilari va boshqalar kompaniyaning sheriklari hisoblanadi. Servis xizmati ko‘rsatish kompaniyaning O‘zbekistondagi muvaffaqiyatining omillaridan biri hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishni rivojlantirishning muhimligini hisobga olgan holda 3 yil oldin TAS Motors brendi ostida kafolatli va kafolat muddatidan keyingi xizmat ko‘rsatishga, XXR dan original ehtiyot qismlarni yetkazib berishga ixtisoslashgan yangi kompaniyani ochishga qaror qilindi.

Yangi servis markazining imkoniyatlari mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yanada qulay va sifatli qilish imkonini beradi. Birinchi navbatda gap taqdim etiladigan xizmatlar va ehtiyot qismlarning sifati haqida bormoqda. Servis markazi xodimlarining yuqori malakasi, muhandislik-texnika bo‘limining mavjudligi, ishlab chiqaruvchilarning (ruxsat etilganlarining) ehtiyot qismlari katalog bazalariga kirish mumkinligi, diagnostika uskunalarining mavjudligi – bularning barchasi, servisda bo‘lish vaqtini yanada kamaytirgan va qulay qilgan holda,  xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash vaqtini qisqartirish imkonini beradi”,- deydi Servis markazi menejyeri Kim Alena.

Servis markazining afzalliklari

XXR ning yetakchi maxsus texnika va dvigatellar ishlab chiqaruvchilari – XCMG, SHACMAN, SHANTI, WEICHAI POWER, SHANGHAI DIEZEL, GHONG TONG (avtobuslar) va boshqalar tomonidan ma'qullangan

Servis markazining jihozlanishi  barcha ishlarni – kompyuter diagnostikasidan boshlab bo‘g‘inlar va argegatlarni (dizel va gaz dvigatellari, uzatmalar qutisi, elektrika va elektronika) kapital ta'mirlashgacha bo‘lgan ishlarni bajarish imkoniyatini beradi.

Servis markazi xodimlarning yuqori malakasi va nufuzli ishlab chiqaruvchi zavodlar texnik xodimlarining doimiy ravishda markazda bo‘lishi. Servis markazi xodimlari muntazam  ravishda sheriklarimizning zavodlarida o‘qitiladi.

Ko‘chma mobil brigadalar va jihozlangan maxsus transportning mavjudligi texnikani dala sharoitlarida ta'mirlash masalalarini tezkor hal qilish imkonini beradi.

Yangi servis markazining imkoniyatlari:

Maydoni 1000 kv. metrdan ortiq bo‘lgan 16 ta mashina postiga mo‘ljallangan ta'mirlash zonasi. Bu bir vaqtning o‘zida 16 birlikkacha maxsus texnika va tijorat transportiga xizmat ko‘rsatilishi mumkinligini bildiradi.

Foydali maydoni 1080 kv.m li ehtiyot qismlar ombori

Mijozlar uchun kutish zonalari va servis markazi xodimlari uchun ishchilar xonalari bo‘lgan uch qavatli ma'muriy blok va xodimlar uchun (kiyinib-yechinish xonasi, dush xonalari, oshxona va o‘quv korpusi) uch qavatli blok.  

Rivojlanishning keng miqyosli rejalari

TAS kompaniyasi guruhi ham Toshkentda, ham mintaqalarda TAS Motors brendi ostida sifatli servis xizmatlarini taklif qilib, maxsus texnika bozoriga o‘z ta'sirini kuchaytirishni davom ettiradi. Yaqin vaqt ichida Farg‘ona vodiysi shaharlarida va Navoiyda Servis markazining filiallarini ochish rejalashtirilmoqda.

TAS Motors yangi servis markaziga yaqin joylashgan hududda yaqin vaqtda yirik  o‘lchamli texnika uchun yuvish joyi, avtosalon va maishiy maqsadlarga mo‘ljallangan kompleks (restoran va kafe, ishlab chiqarish binolari va ma'muriy korpus) ochish rejalashtirilmoqda.

TAS Motors kompaniyasi o‘z mijozlariga xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Hozirgi vaqtda yirik davlat kompaniyalari ham, xususiy kompaniyalar ham kompaniyaning mijozlari hisoblanadi, ular orasida ENTER ENGINEERING PTE.LTD, MIMAR GROUP, BETOMAX BETON MChJ, OHANGARONseMeNT AJ, DURABLE BETON MChJ, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, LMZ, BeKOBODseMeNT AJ, 67 Ko‘prik qurilishi otryadi va boshqalar bor.

Maxsus texnikani yetkazib berish masalalari bo‘yicha:

781470080 / 781470090 telefon raqamlariga,

Maxsus texnikaga xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlarni yetkazib berish masalalari bo‘yicha

712830007 / 953640007 telefon raqamlariga murojaat qiling.

Reklama huquqi asosida

Top