18:22 / 04.06.2021
4123

Dunyo bo‘yicha 2 milliarddan ortiq inson koronavirusga qarshi emlandi

Faqat olti mamlakatda emlash ishlari boshlanmagan. Bular – Shimoliy Koreya, Haiti, Tanzaniya, Chad, Burundi va Eritreya.

Foto: Getty Images

Dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi emlanganlar soni 2 milliarddan oshdi, deb xabar berdi MedicalXpress portali.

Portal ma'lumotiga ko‘ra, 215 mamlakatda 2 mlrd 109 mln 696 ming 22 kishi koronavirusga qarshi emlangan.

Isroilda har 10 kishidan 6 nafari koronavirusga qarshi to‘liq emlangan. Undan keyingi o‘rinlarda Kanada: aholining 59 foizi kamida bir doza vaksina olgan, Buyuk Britaniya (58,3 foiz), Chili (56,6 foiz) va AQSh (51 foiz) joylashgan.

O‘n inʼeksiyadan oltitasi uchta davlatga to‘g‘ri keladi – Xitoy (704,8 million doza), AQSh (296,9 million doza) va Hindiston (221 million doza).

Dunyo bo‘yicha faqat olti mamlakatda emlash ishlari boshlanmagan. Bular – Shimoliy Koreya, Haiti, Tanzaniya, Chad, Burundi va Eritreya.

Oxford/AstraZeneca vaksinasidan dunyoning 170 mamlakatida foydalanilmoqda. Undan keyingi o‘rinda Pfizer/BioNTech turibdi – 97 mamlakat. Moderna - 46 mamlakat, Sinopharm - 45, "Sputnik V" - 40 va Johnson & Johnson - 29 mamlakatda qo‘llanilmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top