16:49 / 04.06.2021
7714
Dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari narxi ko‘tarilishi ortidan inflatsiyaga doir xavotirlar kuchaymoqda

BMT ma'lumotlariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin oshishiga doir xavotirlar ortib bormoqda. May oyi yakunlariga binoan oziq-ovqat mahsulotlari 12-oydirki oshishda davom etgan.

Dunyo oziq-ovqat mahsulotlari oxirgi 10 yildagi salkam eng yuqori narxni namoyon etmoqda. Bu dunyo mamlakatlari Covid-19 inqirozidan chiqishga urinayotgan bir vaqtda mahsulotlar qiymatiga doir sun'iy hisob-kitoblar ortishi bilan bog‘liq xavotirlarni kuchaytirmoqda, deb yozmoqda Al-Jazira telekanali.

Narx-navolar o‘sishining davom etishi jahon Markaziy banklarining iqtisodiyotni tiklash uchun qo‘shimcha turtki berishga urinishlari soyasida kengroq inflatsiyani tezlashtirishi mumkin. Xususan, Braziliyaning keng qishloq xo‘jalik maydonlarida davom etayotgan qurg‘oqchilik makkajo‘xoridan tortib, kofe hosiliga katta ziyon yetkazmoqda. Janubiy-Sharqiy Osiyoda esa, o‘simlik moyi ishlab chiqish hajmi pasaygan. Buning oqibatida chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning xarajatlari o‘sadi va shundoq ham Xitoydagi talab o‘sishi bilan kamaygan dunyo g‘alla zaxiralari poyoniga yetadi.

«Ishlab chiqarishdagi ehtimollar uchun kam joyga egamiz. Bizda har qanday davlatda talab ortishiga qarshi imkoniyatlar juda kam, - degan BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh iqtisodchisi Abdulrizo Abbassyan. – Yuqoridagilarning birortasidagi o‘zgarishlar narx-navoning yana o‘sishiga olib kelishi mumkin».

Keniyadan Meksikagacha narxlar yuqoriligiga doir xabarlar kelayotgan bir vaqtda oziq-ovqat mahsulotlari narxining qimmatlashuvi, cheklangan xarid quvvati hamda ijtimoiy himoya tizimiga ega bo‘lgan ayrim qashshoq davlatlarda og‘riqli bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, BMT indeksi 2011 yil sentyabridan buyon eng yuqori nuqtani ko‘rsatmoqda. Bunda o‘tgan oydagi 4,8 foizlik o‘sish oxirgi dekadadagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgan. Indeks tarkibiga kiruvchi 5 mahsulot narxi oy mobaynida o‘sishni namoyon etgan, bunda o‘simlik moyi, g‘alla va shakar sezilarli qimmatlashgan.

Dunyodagi ocharchilik muammosi so‘nggi yillarda o‘z cho‘qqisiga chiqqan bo‘lsa, ekstremal havo sharoitlari va siyosiy ziddiyatlar soyasida ro‘y bergan pandemiya muammoni yanada chuqurlashtirgan. 

Top