14:12 / 04.06.2021
19739
Oilaviy ajrashishlar soni keskin oshdi. Ajrashishga eng ko‘p sabab bo‘layotgan omillar ma'lum qilindi

2021 yil 4 oy davomida 12 806ta oilaviy ajrashish bo‘lgan. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Mukarram Nurmatova ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, 2020 yil pandemiya sabab sud tizimi faoliyati cheklangani bois ajrashish uchun arizalar to‘planib qolgan va natijada joriy yil avvalida ajrashishlar soni keskin oshgan. Tahlillarga ko‘ra, 2021 yil 4 oy davomida 12 806ta oilaviy ajrashish kuzatilgan. Bu o‘tgan davrga nisbatan 4897taga ko‘p.

“Hozirgi kungacha 30 yoshgacha bo‘lganlar orasida oilaviy ajrashish 3674tani tashkil etadi. Bu yoshlar bilan alohida ishlashni talab etadi”, deydi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi vakili.

Oilaviy ajrashishlar asosan quyidagi sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan:

  • er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchilik – 48,4 foiz;
  • uchinchi shaxs, qaynona-qaynota yoki qarindoshlar aralashuvi sabab – 17,4 foiz;
  • yoshlarning oila qurishga tayyor emasligi tufayli – 11 foiz;
  • moddiy yetishmovchilik, turmush o‘rtog‘ining ishsizligi va boshqa iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli – 6,3 foiz;
  • bepushtlik – 5,3 foiz;
  • tomonlardan birining ichkilik, giyohvand modda yoki boshqa zararli odatlarga berilishi – 5,5 foiz;
  • ichki va tashqi migratsiya sabab ajrashishlar – 3,5 foizni tashkil etadi.
Top