07:12 / 04.06.2021
376
Sirdaryo viloyatida bolalar oromgohlari 5 iyundan o‘z faoliyatini boshlaydi
Foto: KUN.UZ

2020/2021-o‘quv yilining yozgi ta'til davrida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumi joriy yilning 5 iyun kunidan boshlanadi. Bu haqda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Olimjon Mirbaratov Kun.uz’ga ma'lum qildi.

O‘quvchilarning yozgi ta'til vaqtida bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning to‘garaklarga jalb etish maqsadida kunduzgi bolalar oromgohlari va undagi dam oluvchilar soni aniqlandi. Rejaga ko‘ra, viloyatning 20 ta umumta'lim maktabidagi kunduzgi bolalar oromgohida 3000 nafar va 2 ta statsionar turdagi oromgohda 1600 nafar bola dam olishi belgilangan.   

Maktablar qoshidagi bolalar kunduzgi oromgohlari 2 mavsumli bo‘lib, jami oromgohlarga 3000 ming (jami o‘quvchilarning 5 foizi) nafar o‘quvchi qamrab olinishi rejalashtirilgan. Jumladan, Boyovut tumanida 2 ta oromgohda 450 nafar, Guliston tumanida 2 ta oromgohga 250 nafar, Mirzaobod tumanida 2 ta oromgohda 300 nafar, Oqoltin tumanida 1 ta oromgohda 200 nafar, Sayxunobod tumanida 2 ta oromgohda 300 nafar, Sardoba tumanida 2 ta oromgohda 200 nafar, Sirdaryo tumanida 2 ta oromgohda 300 nafar, Xovos tumanida 2 ta oromgohda 250 nafar, Guliston shahrida 3 ta oromgohda 300 nafar, Shirin shahrida 1 ta oromgohda 200 nafar, Yangiyer shahrida 1 ta oromgohda 250 nafar bola qamrab olinishi ko‘zda tutilgan.

20 ta kunduzgi oromgohda musiqa, raqs, rassomchilik, qo‘g‘irchoq teatri, futbol, voleybol, stol tennisi, badminton, kompyuter saboqlari, kutobxonlik to‘garaklaridan tashqari, kasb-hunar, ingliz tili to‘garaklari o‘z faoliyatini olib boradi. Barcha oromgohda alohida to‘garak xonalari tashkil etiladi. 

Oromgohlarda tashkil etilgan kutubxonalar viloyat, tuman va shahar axborot resurs markazlari tomonidan zamonaviy badiiy adabiyotlar, gazeta va jurnallar bilan ta'minlandi. Bunda 1000 dona badiiy adabiyot, 100 dona risola va qo‘llanma, bolalar jurnallari, gazetalar dam oluvchilar ixtiyoriga beriladi.

Avvalroq, Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni ma'lum qilingan edi.

Top