10:40 / 04.06.2021
4146
Yozda issiq, qishda sovuqmi? – “Ekover” bilan buning aksi

Jazirama yoz ham keldi. Issiqdan uyda o‘tirib bo‘lmay qoldimi? Kechalari konditsioner yoki ventilyatorsiz uxlolmaydigan bo‘lib qoldingizmi? Demak, siz “Ekover” haqida hali eshitmagansiz. Muammoning o‘zi bilan emas, kelib chiqish manbasi bilan kurashsangiz, undan bir umrga qutulasiz. “Ekover” mineral paxtalari sizni boshog‘riqlardan bir umrga xalos etadi. Yoz kelishi bilan darrov “tog‘ga surish”ni reja qilgan bo‘lsangiz, demak, bu maqola aynan siz uchun.

 

Yozda eng katta muammo uyni salqin saqlash. Uy ichidagi salqinlik (qishda issiqlik)ning 30 foizi tomdan, 25 foizi devordan, 5 foizi poldan, 15 foizi eshik va derazalardan chiqib ketadi, tashqaridagi harorat ham xuddi shu tarzda kirib keladi. Yoz kunlarida quyosh uyni asosan tomdan qizdiradi. Bordi-yu uyning tomi tunuka bilan yopilgan bo‘lsa, u bir necha barobar tezroq qiziydi.

 

Aytaylik, tashqarida +40 daraja bo‘lganda, tomning tagida bu +70... +80 darajani hosil qiladi. Endi har soniyada bu issiqlik tepadan urib turishini, tasavvur qilavering. O‘z-o‘zidan xonalar o‘tirib bo‘lmaydigan darajada isib ketadi. Derazani ochay desangiz, tashqaridan garmsel uradi.

Bunaqa paytda ko‘pchilik muammoni konditsioner sotib olish bilan hal qilmoqchi bo‘ladi. Biroq, tomdan urayotgan issiqlik bilan konditsionerdan chiqayotgan sovuq havo aralashib, xonadagi namlikni oshirib yuboradi va yana derazalarni ochishga to‘g‘ri keladi. Konditsioner esa uzluksiz ishlayveradi, elektr hisoblagich ham aylanaveradi. Qishda esa buning aksi, siz ichqaridan turib isitaverasiz, tashqaridan sovuq aralashib, xonalar terlaydi, devorlaringizni mog‘or bosadi. Buyog‘iga “zanjir reaksiyasi” kabi bir muammo ketidan boshqasi chiqib kelaveradi. Har ikkala holatda ham elektr toki yoki tabiiy gaz sarfi keskin oshib ketadi. Bu kabi kommunal ehtiyojlar maoshingizning anchagina qismini “yeb qo‘yishi” hech gap emas.

 

Aslida, hammasi juda oddiy

Bu vaziyatda birgina mineral paxta deb ataluvchi qurilish materialining o‘zi muammoni butunlay hal etishini esa ko‘pchilik bilmaydi.

Energiya tejamkor mineral paxta xona haroratini bir me'yorda saqlashga qilayotgan xarajatingizni sezilarli darajada kamaytiradi. Uyning tomi, devorlarini u bilan qoplab chiqilsa bas, shu bilan bu kabi boshog‘riqlarni 50 yilga unutasiz. Mineral paxta – siz uyda bo‘lmagan paytda ham siz uchun tinimsiz ishlaydi.

 

Bilmasangiz, bilib oling!

Mineral paxta – bu ekologik toza, mineral xomashyolardan tayyorlanadigan qurilish materiali bo‘lib, tashqi muhitga juda yaxshi moslasha olishi va anchagacha o‘z xususiyatini yo‘qotmay turishi (50 yildan ko‘proq) tufayli ko‘p yillardan buyon qurilish ishlarida, xonadonlar va ko‘p qavatli uylarni ta'mirlash jarayonida keng foydalanib kelinadi. Biroq bizda hamma ham u haqda yetarli ma'lumotga ega emas. Bor ma'lumotlar esa to‘liq emas yoki noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Masalan, ushbu termoizolyatsion qurilish materialini ko‘pchilik faqat sovuqdan saqlashda ishlatiladi deb o‘ylaydi. Aslida esa, mineral paxta mavjud haroratni ushlab turadi. Ya'ni qishda xonadagi issiq, yozda esa sovuq haroratning bir me'yorda bo‘lishini ta'minlaydi. Bundan tashqari, ko‘chadan keladigan shovqinni sezilarli darajada pasaytiradi.

 

O‘zimizning milliy mahsulot!

Hozirda mineral paxtaning ko‘plab turlarini uchratish mumkin. Xususan, Jizzaxda “Ekover” brendi ostida mineral paxtadan tayyorlangan bir qator qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

“Ekover”:

  • turli kimyoviy ta'sirlar va kuchli shamolga chidamli;
  • yong‘inga qarshi;
  • shovqin, namlikdan himoya, termoizolyatsion xususiyatlarga ega;
  • parlanmaydi, devorlarda zamburug‘lar hosil qilmaydi, qulay mikroiqlimni ta'minlaydi;
  • o‘rnatish oson va uzoq vaqt xizmat qiladi;
  • allergiya qo‘zg‘atmaydi!

“Ekover” mineral paxtalari issiqlik yo‘qotilishini 40 foizgacha qisqartiradi va kommunal sarf-xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi. Har ikkala mavsumda (yozda va qishda) ham birdek asqatadigan mahsulot xonadoningizni jaziramadan himoya qilish, konditsionerlardan foydalanishni kamaytirish va tabiiyki, elektr energiyasi hamda tabiiy gazni tejashga yordam beradi (statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonda tabiiy gazning qariyb 60 foizini xonadonlar iste'mol qiladi va uning katta qismi isitishga sarflanadi, elektr energiyasi bilan ham xuddi shunday).

 

Shuningdek, tomni qoplash uchun yaqinda ishlab chiqarilgan “Karkas” deb ataluvchi rulondan foydalanish maqsadga muvofiq. “Karkas” – bu montaj qilishga qulay, ortiqcha kuch va vaqt talab etmaydigan, yengil mineral paxta o‘rami hamda plitalari bo‘lib, uni o‘rnatish juda oson. U xona haroratini bir me'yorda ushlab turadi. Kompaniya o‘z mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent va Toshkent viloyati bo‘ylab bepul o‘rnatib berish xizmatini ham yo‘lga qo‘ygan. Bu tajriba O‘zbekistonning barcha viloyatlarida ham qo‘llaniladi.

Yoz faslining qaynoq harorati tobora yaqinlashmoqda. Shunday ekan, ko‘p o‘ylab o‘tirmay uyingiz tomi, devorlarini ekologik toza, tejamkor va shovqindan himoyalovchi xususiyatga ega “Ekover” mineral paxtalari bilan jihozlang. Bu bilan siz yangi konditsioner puli evaziga o‘zingiz va yaqinlaringizni yoz chillasida issiqdan saqlaysiz.

“Ekover” ijtimoiy tarmoqlarda:

www.ecover.uz

Instagram 

Facebook 

Telegram

Qo‘shimcha ma'lumot uchun telefon: +99871 207-67-76

Reklama huquqi asosida

Top