07:52 / 05.06.2021
10293
Bugun O‘zbekiston bo‘yicha issiq harorat ko‘tarilishi kutilmoqda 
Foto: KUN.UZ

Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishining kuchayishi hisobiga, bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha issiq ko‘tarilishi kutilmoqda. Ba'zi joylarda shamol changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 38-43 daraja issiqni, janubda va cho‘l hududlarida ba'zi joylarda 44-46 daraja issiqni tashkil etadi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 40-42 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Top