17:55 / 05.06.2021
16996
Putin Rossiya dollardan voz kechmoqchi emasligini aytdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Rossiyani o‘zaro hisob-kitoblarda dollardan foydalanmaslikka majbur qilmoqda.

Foto: TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya AQSh dollaridan butunlay voz kechmoqchi emasligini aytdi, deb xabar bermoqda REGNUM.

«Agar dollar haqidagi gaplarimni biz undan zaxira valuta yoki universal hisob-kitob vositasi sifatida voz kechishni istayapmiz, deb tushungan bo‘lsangiz, unday emas», — dedi Putin.

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u AQSh hukumati dollardan sanksiyaviy chora sifatida foydalanayotgani haqida gapirgan. Masalan, Rossiya hamkorlari bilan harbiy-texnik sohada dollarda hisob-kitob qila olmaydi, chunki bunga nisbatan sanksiyalar joriy etilgan.

Shu bois Rossiya o‘zaro hisob-kitoblarda boshqa valutalarga o‘tishga majbur.

«Amerikalik sheriklarimiz bizni bunga majbur qilyapti. Biz o‘z xohishimiz bilan emas, majburan shunday qilyapmiz», — dedi Putin.

Uning ta'kidlashicha, AQSh bu harakati bilan o‘ziga o‘zi zarar bermoqda, chunki dollarda hisob-kitob qilish ishonchli emas.

Top