10:06 / 05.06.2021
4605
Toshkent davlat stomatologiya instituti hamda Rossiyaning MONIKI instituti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi Ⓣ

Toshkent davlat stomatologiya instituti hamda Rossiya Federatsiyasining yetakchi klinik-tadqiqot instituti – MONIKI o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

MONIKI instituti 175 yillik tarixga ega bo‘lib, shifokorlar malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash, ilmiy-tadqiqot izlanishlari o‘tkazish, ilg‘or innovatsion davolash-tashxislash usullarini ishlab chiqish va tatbiq etishda yetakchilik qilmoqda.

O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi tibbiy oliy ta'lim muassasalari hamkorligidan kutilayotgan natija deb quyidagilarni e'tirof etish mumkin: Respublika tibbiyot-sanitariya muassasalari uchun yuqori malakali tor mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlar tayyorlash va uzluksiz kasbiy ta'lim bilan to‘liq qamrab olishni ta'minlashni tashkil etish; uzluksiz kasbiy ta'lim jarayonlariga o‘qitishning kredit-modul tizimini joriy etish; tibbiyot sohasi ilm-fanini, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasidagi innovatsiyalarni jahon darajasida rivojlantirish, ularning global ilmiy maydonga integratsiya qilinishini ta'minlashdan iborat.

Modernizatsiyalash jarayonlari, ta'lim va fan sohasidagi amaliy faol xalqaro hamkorlik hamda uni amaliyotga joriy qilishni integratsiyalashuvsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Toshkent davlat stomatologiya instituti ham ta'lim va fan sohasida jahon talablariga mos ravishda yuqori malakali va raqobatbardosh tibbiyot kadrlarini tayyorlashda xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlab bormoqda.

Toshkent davlat stomatologiya instituti matbuot xizmati.

Top