09:19 / 06.06.2021
45913

«O‘tkan kunlar»ga qaytib... yoxud Abdulla Qodiriyning so‘nggi istagi nima edi?

Birinchi o‘zbek romani – «O‘tkan kunlar» mazmun boyligi, milliylikning noyob tasviri va hissiy ta’siri jihatdan adabiyotimizdagi shoh asarlar qatorida turadi. Uning favqulodda muvaffaqiyati esa, tabiiyki, o‘zbek xalqining buyuk farzandi Abdulla Qodiriy shaxsi bilan bog‘liq.

Xo‘sh, Qodiriy hayoti va «O‘tkan kunlar»ni qanchalik yaxshi bilasiz? Mutolaa jarayonida e’tibor qilinishi, ahamiyat berilishi kerak bo‘lgan jihatlarni ko‘zdan qochirmaganingizga qanchalik aminsiz?

Buni o‘zingiz uchun aniqlashtirib olmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi savollarga javob berishga urinib ko‘ring:

  • «O‘tkan kunlar»ning ilk va so‘nggi jumlalarida qanday ramziy ma’no yashiringan?
  • Nima deb o‘ylaysiz, O‘zbekoyimga nima uchun aynan shu ism tanlangan?
  • Chet eldan qaytib kelgan Otabek nima uchun tushkunlikka tushib qoladi?
  • Odamlar nima uchun paxsa devorlarni buzib, Toshkent hokimi Azizbekka chayon topib berishga majbur bo‘lishgan?
  • Hasanali Otabekka qanday vaziyatda «o‘g‘lim», qanday vaziyatda «begim» deb murojaat qiladi?
  • Qushbegi Kumushga bir o‘rinda «opa», bir o‘rinda «singlim», yana bir o‘rinda esa «qizim» deb murojaat qilganini qanday izohlash mumkin?
  • Qipchoqlar qirg‘ini paytida adib nima uchun Otabekni dalaga qimiz ichishga «chiqarib yuboradi?»
  • Yusufbek hojini nima uchun ko‘knori ichib olganlikda, vahimachilikda ayblashadi?
  • Qodiriy ilk bor qamalish xavfi ostida qolganda sudda nima deydi?
  • Qodiriyning o‘limiga guvoh bo‘lgan muxlisi bu voqeani qanday tasvirlaydi?
  • Yaqinlaridan biri «Shunchaki og‘izda «Xudo yo‘q!» deb qo‘yaqolsang bo‘lmasmidi?» deganda Abdulla Qodiriy qanday javob qaytargan edi?
  • Adibning so‘nggi istagi nima edi?
  • Qodiriy otib o‘ldirilgan o‘sha mudhish kecha umumiy qabrga u nima uchun eng oxirgi bo‘lib ko‘milgandi?

Bu savollarning barchasiga yuqoridagi videoni tomosha qilish orqali javob topishingiz mumkin.

Umid qilamizki, milliy adabiyotimiz durdonasi – «O‘tkan kunlar»ni dam olish kunida yana bir bor mutolaa qilib chiqasiz!

Top