18:15 / 06.06.2021
22754

Yevro-2020: asosiy savollarga javoblar

Turnir qoidalari: pley-off ishtirokchilari qanday aniqlanadi va boshqa muhim savollar.

Guruh bosqichiga kimlar yo‘l olgan?

Pandemiya tufayli 2021 yilga qoldirilgan Yevro-2020 turnirida ishtirok etuvchi 24 jamoa to‘rttadan olti guruhga ajratilgan.

A guruhi — Turkiya, Italiya (mezbon), Uels, Shveytsariya

V guruhi — Daniya (mezbon), Finlyandiya, Belgiya, Rossiya (mezbon)

S guruhi — Niderlandiya (mezbon), Ukraina, Avstriya, Shimoliy Makedoniya

D guruhi — Angliya (mezbon), Xorvatiya, Shotlandiya (mezbon), Chexiya

Ye guruhi — Ispaniya (mezbon), Shvetsiya, Polsha, Slovakiya

F guruhi — Vengriya (mezbon), Portugaliya, Fransiya, Germaniya (mezbon).

Guruh bosqichi o‘yinlari yakunlariga ko‘ra eng yaxshi 16 jamoa 1/8 finalga chiqadi va buyog‘iga olimpiya tizimiga ko‘ra g‘olib ishtirokini davom ettiradi, mag‘lub uyiga qaytadi.

O‘yinlar qayerda bo‘lib o‘tadi?

Yevropa chempionatining 60 yillik tarixida final bosqichi ilk bor butun qit'a bo‘ylab o‘tkaziladi. Yevro-2020 o‘yinlariga 11 shahar mezbonlik qiladi. E guruhi mezboni Ispaniya o‘yinlar (guruhning uch o‘yini va bir nimchorak final) o‘tadigan shaharni Bilbaodan Sevilyaga almashtirdi, E guruhining Dublinda o‘tishi kerak bo‘lgan uch o‘yini Sankt-Peterburgga ko‘chirildi, shuningdek, nimchorak finalning bir uchrashuvi Dublindan Londonga ko‘chirilgan.

London, Angliya: «Uembli»

(guruh bosqichida uch o‘yin, 1/8 finalda ikki o‘yin, yarim finallar va final)

Sankt-Peterburg, Rossiya: «Sankt-Peterburg»

(guruh bosqichida olti o‘yin, bir chorak final)

Boku, Ozarboyjon: «Olimpiyskiy»

Myunxen, Germaniya: «Myunxen Arena»

Rim, Italiya: «Olimpiko»

(guruh bosqichida uchtadan o‘yin, bittadan chorak final)

Amsterdam, Niderlandiya: «Yohan Kroyff Arena»

Budapesht, Vengriya: «Ferens Pushkash»

Buxarest, Ruminiya: «Arena Natsionale»

Glazgo, Shotlandiya: «Hempden Park»

Kopenhagen, Daniya: «Parken»

Sevilya, Ispaniya: «La-Kartuxa»

(guruh bosqichida uchtadan o‘yin, bittadan 1/8 final)

11 iyun kuni Rimdagi Olimpiko stadionida Turkiya va Italiya o‘rtasida turnirning ochilish o‘yini bo‘lib o‘tadi. A guruhidagi o‘yinlarning uchtasi Italiyada, yana uchtasi turnirda ishtirok etmaydigan Ozarboyjon poytaxti Bokuda o‘tkaziladi.

B guruhida Rossiya va Daniya mezbonlar hisoblangani uchun qo‘shimcha qur'a orqali ularning o‘zaro uchrashuvi Kopengagenda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Guruhdagi uch o‘yinga Daniya, yana uch o‘yinga Rossiya mezbon bo‘ladi.

S guruhidagi o‘yinlarning 3tasi Niderlandiya poytaxti Amsterdamda, yana uchta o‘yin turnirga yo‘llanma ololmagan Ruminiya poytaxti Buxarestda bo‘lib o‘tadi.

D guruhidagi o‘yinlarning uchtasi guruh mezboni bo‘lmish Angliya poytaxti Londonda, yana uchtasi qo‘shni Shotlandiya poytaxti Glazgoda bo‘lib o‘tadi.

Ye guruhida mezbon Ispaniya o‘zi ishtirokidagi uch o‘yinni Madridda qabul qiladi, guruhdagi yana uch o‘yin Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadi.

F guruhida mezbon Germaniya o‘zi ishtirokidagi uch o‘yinni Myunxenda qabul qiladi, yana uch o‘yin guruhning boshqa bir ishtirokchisi bo‘lmish Vengriya poytaxti Budapeshtdagi stadionda o‘tkaziladi.

Stadionlarda tomoshabinlar kirishiga ruxsat beriladi, Sankt-Peterburg va Bokudagi stadionlar sig‘imining 50 foizi to‘ldirilishi mumkin. Budapesht tribunalarni 100 foizga to‘ldirmoqchi, ammo stadionga kirishda qat'iy talablarga amal qilinishi nazorat qilinadi. Amsterdam, Buxarest, Glazgo, Kopenhagen, Rim va Sevilyada stadionlar 25 foizdan 45 foizgacha to‘ldiriladi. London guruh bosqichi o‘yinlarida ham, nimchorak final o‘yinlarida ham stadion sig‘imining 25 foizidan foydalanadi. Myunxen o‘yinlarga ko‘pi bilan 14,5 ming tomoshabin kiritmoqchi, bu esa tribunalar sig‘imining 22 foiziga teng.

Taqvim

Guruh bosqichi

11 iyun

A guruhi: Turkiya - Italiya (00:00, Rim)

12 iyun

A guruhi: Uels - Shveytsariya (18:00, Boku)

B guruhi: Daniya - Finlandiya (21:00, Kopenhagen)

B guruhi: Belgiya - Rossiya (00:00, Sankt-Peterburg)

13 iyun

D guruhi: Angliya - Xorvatiya (18:00 London)

C guruhi: Avstriya - Shimoliy Makedoniya (21:00, Buxarest)

C guruhi: Niderlandiya - Ukraina (00:00, Amsterdam)

14 iyun

D guruhi: Shotlandiya - Chexiya (18:00, Glazgo)

E guruhi: Polsha - Slovakiya (21:00, Sankt-Peterburg)

E guruhi: Ispaniya - Shvetsiya (00:00, Sevilya)

15 iyun

F guruhi: Vengriya - Portugaliya (21:00, Budapesht)

F guruhi: Fransiya - Germaniya (00:00, Myunxen)

16 iyun

B guruhi: Finlandiya - Rossiya (18:00, Sankt-Peterburg)

A guruhi: Turkiya - Uels (21:00, Boku)

A guruhi: Italiya - Shveytsariya (00:00, Rim)

17 iyun

C guruhi: Ukraina - Shimoliy Makedoniya (18:00, Buxarest)

B guruhi: Daniya - Belgiya (21:00, Kopenhagen)

C guruhi: Niderlandiya - Avstriya (00:00, Amsterdam)

18 iyun

E guruhi: Shvetsiya - Slovakiya (18:00, Sankt-Peterburg)

D guruhi: Xorvatiya - Chexiya (21:00, Glazgo)

D guruhi: Angliya - Shotlandiya (00:00, London)

19 iyun

F guruhi: Vengriya - Fransiya (18:00, Budapesht)

F guruhi: Portugaliya - Germaniya (21:00, Myunxen)

E guruhi: Ispaniya - Polsha (00:00, Sevilya)

20 iyun

A guruhi: Italiya - Uels (21:00, Rim)

A guruhi: Shveytsariya - Turkiya (21:00, Boku)

21 iyun

C guruhi: Shimoliy Makedoniya - Niderlandiya (21:00, Amsterdam)

C guruhi: Ukraina - Avstriya (21:00, Buxarest)

B guruhi: Rossiya - Daniya (00:00, Kopenhagen)

B guruhi: Finlandiya - Belgiya (00:00, Sankt-Peterburg)

22 iyun

D guruhi: Chexiya - Angliya (00:00, London)

D guruhi: Xorvatiya - Shotlandiya (00:00, Glazgo)

23 iyun

E guruhi: Slovakiya - Ispaniya (21:00, Sevilya)

E guruhi: Shvetsiya - Polsha (21:00, Sankt-Peterburg)

F guruhi: Germaniya - Vengriya (00:00, Myunxen)

F guruhi: Portugaliya - Fransiya (00:00, Budapesht))

24 va 25 iyun kunlari - dam olish

PLeY-OFF

1/8 final

26 iyun

1: 2A - 2B (21:00, Amsterdam)

2: 1A - 2C (00:00, London)

27 iyun

3: 1C - 3D/E/F (00:00, Budapesht)

4: 1B - 3A/D/E/F (00:00, Sevilya)

28 iyun

5: 2D - 2E (21:00, Kopenhagen)

6: 1F - 3A/B/C (00:00, Buxarest)

29 iyun

7: 1D - 2F (21:00, London)

8: 1E - 3A/B/C/D (00:00, Glazgo)

30 iyun va 1 iyul kunlari - dam olish

Chorakfinallar

2 iyul

1-chorakfinal: 6-o‘yin g‘olibi - 5-o‘yin g‘olibi (21:00, Sankt-Peterburg)

2-chorakfinal: 4-o‘yin g‘olibi - 2-o‘yin g‘olibi (00:00, Myunxen)

3 iyul

3-chorakfinal: 1-o‘yin g‘olibi - 3-o‘yin g‘olibi (21:00, Boku)

4-chorakfinal: 8-o‘yin g‘olibi - 7-o‘yin g‘olibi (00:00, Rim)

4-5 iyul kunlari - dam olish

Yarimfinallar

6 iyul

1-yarimfinal: 1-chorakfinal g‘olibi - 2-chorakfinal g‘olibi (00:00, London)

7 iyul

2-yarimfinal: 4-chorakfinal g‘olibi - 3-chorakfinal g‘olibi (00:00, London)

8, 9, 10 iyul - dam olish kunlari

Final

11 iyul

Yarimfinal o‘yinlari g‘oliblari (00:00, London).

Pley-off ishtirokchilari qanday aniqlanadi?

Guruh bosqichida har bir jamoa o‘zaro bittadan o‘yin o‘tkazadi. G‘alaba uchun 3, durang uchun — 1 ochkodan beriladi, mag‘lubiyatga — 0.

Pley-offga har bir guruhdan birinchi va ikkinchi o‘rin egalari chiqadi, guruhlarda uchinchi o‘rinlarni egallagan olti jamoadan nisbatan yaxshi natija qayd etgan to‘rt jamoaga ham imkon taqdim etiladi.

Agar ikki yoki undan ko‘p jamoa bir xilda ochko jamg‘argan bo‘lsa, o‘rinlarni taqsimlashda quyidagi ko‘rsatkichlarga qaraladi:

— o‘zaro o‘yinlarda olingan ochkolar soni;

— o‘zaro o‘yinlardagi to‘plar nisbati;

— o‘zaro o‘yinlarda urilgan gollar soni;

— guruh yakunlariga ko‘ra to‘plar nisbati;

— guruhlardagi barcha o‘yinlarda urilgan gollar soni;

— guruhdagi barcha o‘yinlardagi g‘alabalar soni;

— intizomiy ochkolar soni kamligi (sariq kartochka — 1 ochko, qizil kartochka — 3 ochko, ikki sariq kartochka bilan chetlatish — 3 ochko);

— saralash turniri yakunlariga ko‘ra reytingdagi o‘rin.

Agar guruh bosqichining so‘nggi turida bir xilda ochko jamg‘argan, urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollari soni bir xil bo‘lgan jamoalar uchrashsa va o‘yin durang hisobda yakunlansa, penaltilar seriyasi o‘tkaziladi (ikkidan ortiq jamoaning ko‘rsatkichlari bir xil bo‘lganida bu kriteriya qo‘llanmaydi).

O‘z guruhlarida uchinchi bo‘lgan jamoalar orasidan eng yaxshi to‘rt jamoa quyidagi kriteriyalar bo‘yicha ajratib olinadi:

— ochkolar soni;

— to‘plar nisbati;

— urilgan gollar soni;

— g‘alabalar soni;

— intizomiy ochkolar soni kamligi (sariq kartochka — 1 ochko, qizil kartochka — 3 ochko, ikki sariq kartochka bilan chetlatish — 3 ochko);

— saralash turniri yakunlariga ko‘ra reytingdagi o‘rin.

Pley-off o‘yinida g‘olib qanday aniqlanadi?

Agar pley-off (1/8 final, 1/4 final, 1/2 final, final) o‘yinining asosiy vaqtida durang hisob qayd etilsa, 15 daqiqadan ikki bo‘lim qo‘shib beriladi. Agar shunda ham g‘olib aniqlanmasa, penaltilar seriyasiga o‘tiladi.

Tarkiblar va futbolchi almashtirishlar

Har bir jamoa turnir uchun 26 nafardan futbolchini zayavka qilishi mumkin. Turnirga 24 nafar futbolchi bilan yo‘l olgan Ispaniyadan boshqa barcha jamoalar shunday yo‘l tutdi.

Birinchi o‘yinga qadar zayavkada og‘ir jarohatlar va futbolchilarning kasallanishini inobatga olgan holda cheksiz o‘zgarishlar qilish mumkin.

Zayavka qilingan darvozabonni har o‘yin oldidan almashtirish mumkin - u maydonga chiqishga jismonan qodir bo‘lmagan hollarda.

Almashtirilgan futbolchi zayavkaga qaytarilmaydi.

Shu bilan birga, bir o‘yinga uch darvozabonni qo‘shib hisoblaganda maksimum 23 futbolchini kiritish mumkin.

Yevro-2020 turnirida har bir jamoa bir o‘yinda besh nafargacha futbolchi almashtirish imkoniyatidan foydalanishi mumkin.

Mavzu
Yevro-2020
Pandemiya tufayli kechiktirilgan futbol bo‘yicha Yevropa chempionati 11 iyun kuni boshlanadi. Turnir ilk marta butun Yevropa bo‘ylab 11 shahardagi stadionlarda o‘tkaziladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top