08:17 / 07.06.2021
550
80 million so‘mlik konditsioner va changyutkichlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Quvasoy shahrida hujjati bo‘lmagan 80 million so‘mlik 22 dona konditsioner va 5 dona changyutkich maishiy texnika tovarlari qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati Kun.uz’ga xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Nayman-Xaramko‘l” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro N.Z. boshqaruvidagi “Porter” avtomashina kuzatuvga olingan. 

Avtomashina Quvasoy shahri hududida to‘xtatilib tekshirilganda, yukxonasida muqaddam bojxona nazoratini chetlab olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 80 million so‘mlik 22 dona konditsioner va 5 dona changyutkich maishiy texnika tovarlari borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Farg‘ona tumanida hujjatsiz bo‘lgan 12 790 quti tamaki mahsulotlari to‘xtatib qolingani haqida xabar berilgan edi.

Top