22:22 / 07.06.2021
7704
JSST dunyoda koronavirus yuqtirish holatlari kamayganini ma'lum qildi

Ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 174 millionga yetgan, 157 million kishi sog‘aygan, 3,7 million nafar bemor vafot etgan.

Foto: AR/TASS

Dunyoda ketma-ket olti haftadan buyon koronavirus yuqtirishlar soni kamaymoqda, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus.

Uning ma'lumot berishicha, koronavirusdan vafot etishlar soni ham ketma-ket beshinchi hafta pasaymoqda.

Gebreyyesus, shuningdek, koronavirusning yangi shtammlari emlanmaganlar uchun xavfli bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 174 millionga yetgan, 157 million kishi sog‘aygan, 3,7 million nafar bemor vafot etgan.

Kasallik yuqtirishlar soni bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda turibdi (34,2 million holat va 612 ming o‘lim). Keyingi o‘rinda Hindiston (qariyb 29 million holat va 349 ming o‘lim), Braziliya (17 millionga yaqin holat va 473 ming o‘lim), Fransiya (5,7 million holat va 110 mingga yaqin o‘lim) va Turkiya (5,2 million holat va 48 ming o‘lim) turibdi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top