09:00 / 07.06.2021
7451
Manzara turar joy majmuasi: tayyor uylarning barcha afzalliklari bilan tanishtiramiz

Shu yozda Manzara turar joy majmuasi qurilishining birinchi bosqichi yakunlanib, dastlabki aholi uylariga ko‘chib kelishadi. Sizga majmuaning afzalliklari va bunyodkorlik ishlarining yakuni haqida ma'lumot beramiz.

Poytaxtning Yunusobod tumanida joylashgan Manzara turar joy majmuasi qurilishining birinchi bosqichi obektlarini foydalanishga topshirishga juda oz vaqt qoldi. Eslatib o‘tamiz, qurilish maydoni 38417 m² ni tashkil qiladi. Turar joy majmuasi Yunusobod Business City hududida joylashgan bo‘lib, bu hudud shaharning eng baland nuqtalaridan biri hisoblanadi. Ushbu afzallik majmua aholisiga hududdagi zamonaviy shahar tezkor hayoti va sokin manzaralari uyg‘unligini kuzatishga imkon beradi.

Manzara turar joy majmuasini bunyod etishda zamonaviy dizayn, aholi uchun maksimal funksionallik va qulaylik kabi omillar hisobga olindi. Shu sabab majmuaning yopiq hududida uzluksiz qo‘riqlash, ko‘plab sayr yo‘laklari, bolalar va sport maydonchalari hamda avtoturargoh joylari qurilishiga alohida e'tibor qaratilgan. Tez orada tijorat binolari o‘z ishini boshlaydi, unda restoran, qahvaxonalar, novvoyxonalar, dorixonalar, do‘konlar va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari joylashgan bo‘lib, bu kabi qulayliklar aholiga turar joy majmuasi hududidan chiqmasdan xaridlarni amalga oshirishlari yoki shinam qahvaxonalarda tamaddi qilishlariga imkon beradi.

Eslatib o‘tamiz, Manzara turar joy majmuasining ikkinchi bosqichi qurilish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan bo‘lib, u joriy yilning kuziga qadar yakunlanadi. 

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Chinobod ko‘chasi.

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +99871-210-44-44

Instagram: @bizninguylar

Telegram: t.me/bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

Sayt: bizninguylar.uz

Reklama huquqi asosida

Top