15:18 / 08.06.2021
6038
Aholi ta'minoti birinchi galdagi masala - Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik va xizmatlarni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta'minlash, shuningdek chorva, parranda va baliq mahsulotlarini ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar ijrosiga oid videoselektor yig‘ilishida oziq-ovqat ta'minoti masalasiga jiddiy e'tibor qaratishni talab qildi.

«Oziq-ovqat ta'minoti masalasini o‘ta jiddiy topshiriq sifatida qabul qilinglar. Chunki aholi ta'minoti birinchi galdagi masala.

«Baliqsanoat» yil yakuniga qadar 400 ming tonna mahsulot yetishtirishga shaxsan mas'ul. Joriy yil yakunigacha 317ta loyihani ishga tushirish orqali, 20 ming gektar yangi maydonlarda baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yishi va qo‘shimcha 200 ming tonna mahsulot olishi shart. Shuningdek, 2021 yilda chorvachilik sohasida umumiy qiymati 4,5 trillion so‘mlik 1 mingdan ortiq loyihalarni amalga oshirishi zarur.

Joriy yilda suv tanqisligini inobatga olib, quduq qazishga 200 milliard so‘m ajratiladi. Ikki oy muddatda ushbu mablag‘lar hisobidan kamida 100 ming gektar yerni ozuqa-yem yetishtirishga moslashtirishi zarur.

Buxoro va Qashqadaryoda chorvachilikni rivojlantirish dasturlari doirasida yil yakuniga qadar Zaripov 2,5 ming gektar, Z.Mirzayev 5 ming gektar yaylovlarni o‘zlashtirishi kerak», dedi davlat rahbari.

Top