15:37 / 08.06.2021
1730
Chimboyda havodan ichimlik suvi olish yo‘lga qo‘yildi

Chimboy tumani meteostansiyasiga atmosfera havosidan ichimlik suvini ishlab chiqarish «atmosfera suv generatori» (Airaqua - 7-ta tozalash filtridan iborat) qurilmasi ishga tushirildi. Bu haqda «O‘ZSUVTA'MINOT» AJ xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur qurilma ichimlik suvi yetib bormagan va yetkazib berish iqtisodiy jihatdan qimmatga tushadigan hududlarga moslashtirilgan. Innovatsion texnologiya sinov tariqasida yo‘lga qo‘yildi. 

Undan olinayotgan statistik ma'lumotlardan foydalangan holda respublikamizdagi boshqa meteostansiyalarga o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Ta'kidlanishicha, ushbu moslama distillangan suvdan xam tozaroq suv olish imkonini beradi.

Qurilma atmosfera havosi namligiga va haroratga qarab kuniga taxminan 12 litrdan 30 litrgacha ichimlik suvi yetkazib berish imkonini beradi. 

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Qoraqalpog‘istonning 14 tumanidagi 21 ta hududda toza ichimlik suvi chiqarilgandi.

Top