12:00 / 08.06.2021
5396

ERIELL Group: quduqlarni qurishda innovatsion texnologiyalar qo‘llanmoqda

ERIELL Group Surxondaryo viloyatidagi «Mustaqillikning 25-yilligi» obektida quduqlarni muvaffaqiyatli ravishda qurish uchun innovatsion texnologiyalarni joriy etmoqda. Erishilgan muvaffaqiyatlarga qaramay, mazkur yo‘nalishdagi ishlar ikki barobar kuch bilan davom etmoqda.  

Quyida loyihadagi tajriba-sanoat ishlariga joriy etilayotgan texnologik innovatsiyalarga bir necha misol keltiramiz. Mazkur tajriba butun respublika bo‘ylab yangi texnologiyalarni tahlil qilish va tarqatish, kelgusida esa quduqlar qurilishi sifatini yaxshilash va xomashyo qazib olinishini oshirish imkonini beradi.

№3-OE qudug‘ida mahsulot mavjud bo‘lmagan bo‘shliqlarni yopgan holda qatlamlarni gidro portlatishni amalga oshirish imkonini beruvchi maxsus muftalarga ega ekspluatatsion kolonnalar ishga tushirildi. Mazkur innovatsion yangilik 2-3 oydan ortiq vaqt cho‘zilib ketishi mumkin bo‘lgan quduqlarni sinovdan o‘tkazishga ketadigan vaqtni tejash imkonini beradi, shuningdek sinovga ketadigan vaqtni 30-60 sutkagacha qisqartirishga xizmat qiladi.

Burg‘ilangan quduqlarda geofizik tadqiqotlarni o‘tkazish uchun  ERIELL Group mashhur Schlumberger kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar №5-OE va qiya yo‘naltirilgan №6/03 quduqlarida amalga oshirilgan. Mazkur kompaniya burg‘ilangan jinslarning xossalarini aniqlashning eng yangi usullariga ega, bu esa quduqlarning geologik jihatdan tuzilishini yanada batafsil o‘rganish va kon bo‘yicha rejadagi gaz zaxiralarini aniq hisob-kitob qilishga imkon beradi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim doirasida «O‘zbekiston Mustaqilligi» investitsiyaviy blokida Surhan Gas Chemical Operating Company MChJ XK kompaniyasi tomonidan ERIELL Groupni jalb qilgan holda amalga oshirilmoqda. 

ERIELL Group matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid
Top