15:43 / 08.06.2021
11883
O‘zbekiston va Tojikiston ikki mamlakat fuqarolarining mamlakatda bo‘lib turish shartlarini yengillashtirishni rejalashtirmoqda

Kelishuv bayonnomasi loyihasiga ko‘ra, ikki mamlakat fuqarolari davlat chegarasini kesib o‘tganidan so‘ng 10 ish kuni mobaynida ro‘yxatga kirish va vaqtinchalik propiskaga turishdan ozod bo‘ladi.

O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari ikki mamlakat fuqarolarining o‘zaro safarlari to‘g‘risidagi 2018 yil 9 martda imzolangan kelishuvga qo‘shimchalar kiritishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Aziya-Plyus.

Mazkur kelishuv bayonnomasi loyihasiga ko‘ra, ikki mamlakat fuqarolari davlat chegarasini kesib o‘tganidan so‘ng 10 ish kuni mobaynida ro‘yxatga kirish va vaqtinchalik propiskaga turishdan ozod bo‘ladi.

Kelishuvga qo‘shimchalar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 10-11 iyun kunlari Tojikistonga amalga oshiradigan rasmiy tashrifi davomida kiritilishi kutilmoqda.

Hozirda O‘zbekistonga kelgan Tojikiston fuqarolari uch ish kuni ichida ichki ishlar mahalliy organlarida hisobga turishi lozim.

Agar Tojikiston fuqarosining O‘zbekistonda qarindoshlari bo‘lsa, u 5 dollar miqdorida davlat boji to‘lab, qarindoshining yashash manzilida ro‘yxatga turishi mumkin.

Shuningdek, turist sifatida kelgan Tojikiston fuqarolari 5 dollar davlat boji to‘lab, o‘zi yashayotgan mehmonxonada ro‘yxatdan o‘tadi.

Top