15:14 / 08.06.2021
10612

«Parrandasanoat» uyushmasiga yangi rahbar tayinlandi

Bahodir Isayev «Parrandasanoat» uyushmasining yangi rahbari bo‘ladi. U bir vaqtning o‘zida Veterinariya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari ham hisoblanadi.

Foto: «Parrandasanoat» uyushmasi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bahodir Isayevga investitsiyalar jalb qilish, loyihalarni shakllantirish, korxonalarning muammolarini hal qilish bo‘yicha barcha vakolatlar berilishini ma'lum qildi.

Bu ishlarni amalga oshirishda Mikrokreditbank yaqindan ko‘makchi bo‘lishi ta'kidlangan.

Bundan oldinroq parranda sanoatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi mexanizmlar joriy etilishi, 1 iyuldan berilishi kerak bo‘lgan subsidiya miqdori tuxum uchun 3 baravar (har bir sotilgan tuxumga 150 so‘m), parranda go‘shti uchun esa 2 baravar (har bir kilogrammiga 1,5 ming so‘m) oshirilib, to‘lovlar 1 iyundan boshlanadi, hisob-kitob qilinishi haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, Bahodir Isayev shu kunga qadar «Parrandasanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari edi. U yangi lavozimda Po‘lat Rahmatullayevni almashtiradi.

Mavzuga oid
Top