22:11 / 08.06.2021
20665

Pashinyan Aliyevga o‘g‘lini Ozarboyjondagi barcha asirlarga almashtirishni taklif qildi

Avvalroq Armaniston sobiq prezidenti Serj Sargsyan Pashinyanga o‘g‘lini Ozarboyjonga topshirib, u yerdagi asirlarni qaytarishni taklif qilgandi.

Foto: Facebook/Nikol Pashinyan

Armaniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyan Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevga asirlikdagi barcha armanlar evaziga o‘g‘li Ashotni olishni taklif qildi. Bu haqda «Sputnik Armaniston» yozmoqda.

Avvalroq Armaniston sobiq prezidenti Serj Sargsyan Pashinyanga o‘g‘lini Ozarboyjonga topshirib, u yerdagi asirlarni qaytarishni taklif qilgandi.

«Aliyevga rasman aytaman — barcha asirlar evaziga o‘g‘limni taklif qilaman. Rasman aytyapman. Serjik va Robik (Robert Kocharyan, Armanistonning 2-prezidenti – tahr.), odam oldi-sotdisi bo‘yicha mutaxassislar sifatida bu vazifani sizlarga topshiraman», — dedi Pashinyan.

Pashinyan, shuningdek, Sargsyanni qo‘shmachi deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yuqoridagi siyosatchilar «odam oldi-sotdisida bir necha ming dollar ishlab olishlari mumkin».

Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat 2020 yil 27 sentyabrda keskinlashgandi.

9 noyabrda Rossiya, Armaniston va Ozarboyjon rahbarlari Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

Mavzuga oid
Top