11:00 / 08.06.2021
4941
Samsung sovitkichi bilan kuylab yuborganingizni bilmay qolasiz

Mehmonlar nega aynan Samsung sovitkichini tanlaganliklarini so‘rashsa, xonadon egalari uzoq tushuntirib o‘tirishlariga hojat yo‘q. Axir, bu faqatgina ro‘zg‘ordagi dastyor emas, balki qo‘shiqning o‘zginasi-ku!

Oshxonangizdagi qomati kelishgan bu sovitkich oilangizga ma'qul kelishi, do‘stlaringizning esa havasini keltirishi aniq. U bugunoq uyingizga ko‘chib o‘tishga tayyor – Samsung kompaniyasi astoydil harakat qildi axir. Ishonavering, Samsung sovitkichi butun oilangizning sevimli ekratoyiga aylanadi. Yangi sovitkichdan ilhomlanib ketganlar, marhamat, qo‘shiq tayyor.

Muzlab qolmaydi! 

NoFrost texnologiyasi bilan eski modeldagi sovitkichlarni eritganda kerak bo‘ladigan tog‘oralar endi kerak bo‘lmaydi. Aylanib turadigan sovuq havo kameralarda bir tekisda tarqaladi – shuning uchun harorat past-balandga o‘ynamaydi va muz paydo bo‘lib qolmaydi.

Tokni «yemaydi»! 

Sovitishning yetti bosqichining hammasida Digital Inverter texnologiyasi kompressor tezligini avtomatik ravishda boshqaradi. Sovitkich elektr energiyasini kamroq iste'mol qiladi, demak ancha pulingiz tejaladi. Kompressor nihoyatda aniqlik bilan ishlaydi, oila esa elektr energiyasini tejaydi. 

Achib qolmaydi!

Payshanba – palovxonto‘radan mazza qiladigan kun, demak qo‘y go‘shtidan olib qo‘yarkanmiz-da? Bemalol. Endi muzqaymoq yo sariyog‘ga go‘sht hidi urib qolmaydi. Qo‘y go‘shtimi, baliq go‘shti va dengiz mahsulotlarimi – farqi yo‘q, sovitkich ichidagi “havo aynishi”dan qo‘rqmay sotib olavering. Twin Cooling Plus tizimi kameralarni alohida sovitish uchun javob beradi. Muzlatilgan mahsulotlar o‘z hidini o‘ngga-chapga ulashmay, o‘zida saqlab qoladi. 

Xushbo‘y ko‘katlar, ishtahani qitiqlaydigan mevalar, hozirgina qassob akamizdan olib kelinganga o‘xshaydigan go‘sht va baliq – bari ta'mini ham, hidini ham o‘zida saqlab, ularni faqat nonushta, tushlik va kechki ovqat mahali siz bilan bo‘lishadilar. Ba'zan esa, yangi Samsung sovitkichining fazilatlari haqidagi qo‘shiqni tinglayotgan mehmonlaringiz ham ulardan zavqlanishlari mumkin.

Tinchlik saqlaydi!

Ogohlantirib qo‘yaylik: boshlanishida sovitkich bilan qiynalasiz. Eski va taqir-tuquri tinmagan aravadan keyin har zamonda bir yugurib kelib yangi sovitkichni tekshirib ketishga to‘g‘ri keladi. Tunda sovitkichning eshigiga qulog‘ini tutib turgan turmush o‘rtog‘ingizni ko‘rsangiz, aqlli invertorli Samsung sovitkichlari kompressorning tezligini avtomatik ravishda boshqarishini tushuntirib qo‘ying. Bu uning shovqinsiz ishlashi va tez eskirmasligini bildiradi.

Qomati dahshat!

Kiyimga qarab kutib olishadi: ishlab chiqaruvchi yangi sovitkichning zamonaviy dizayni ustida yaxshigina bosh qotirgan. Kumush rang korpusi oppoq tokchalar bilan uyg‘unlik kasb etadi. Yaqinlaringiz sovitkichning qomatidan hayratlanib qichqirib yuborsalar, televizorning tovushini balandroq qiling, aks holda qiziquvchan qo‘shnilaringiz yugurib kelishadi.

Hajmi siqmaydi!

Sig‘imi katta sovitkich – butun oilaning quvonchi. Samsung sovitkichi ataylab g‘amlab qo‘yishni yoqtiradigan uy bekalari yoki haqiqiy uyim-joyim deydiganlar uchun ishlab chiqarilgan. Oilaviy oshxo‘rlik uchun qo‘zichoq go‘shti, turli-tuman sabzavotlar, yana xo‘shbo‘y qovun va sarhil tarvuz – bari tokchalarga bemalol sig‘adi. Muzlatish va sovitish uchun alohida Power Sool/Power Freeze zonalari ko‘zda tutilgan. Faqat bo‘linmalarni adashtirib yubormang, yo‘qsa mehmonlarning oldiga yaxlab qolgan mevalarni qo‘yishga to‘g‘ri keladi. 

Sovitkichga farzandingizning tug‘ilgan kuni uchun bir necha qavatli tort yoki mol tili yopilgan katta banka ham sig‘adi. Qaynonangiz katta kurkani berib yubordilar, dam olish kunigacha uni saqlab bo‘larmikan? Muammosiz: muzlatgich kamerasi sovitkich kamerasiga osongina aylanishi mumkin va yilning istalgan paytida mahsulotlaringizni aynitmay saqlaydi. Tashqarida +40, kurka esa +5 darajada mazza qilib dam olish kunlarini kutyapti. Ko‘pchilik hozir kurkaga havas qilyapti.

Narxi «chaqmaydi»!

Bunday imkoniyatlari bo‘lgan sovitkich orzuga aylanadi, deb adashmang. Bu model O‘zbekistonning barcha shaharlarida sotuvda bor. Bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilsangiz, tez orada ota-onangizni ham yangi sovitkich bilan xursand qilishingiz mumkin – ularga sarviqomat xushbichim dastyor ma'qul bo‘lishi aniq.

Epchil ishlaydi!

Superqahramonlar komikslarga asoslangan filmlarda yashashmaydi. Jazirama issiqda mehmonlaringizni muzdekkina ichimlik bilan siylab, o‘zingizni haqiqiy Aysmen deb his qilishingiz mumkin. PowerFreeze funksiyasi ham mahsulotlarni muzlatadi, ham muz bo‘lakchalarini tayyorlaydi, ham ichimlikni tezgina sovitib beradi. Mehmonlaringiz muzdekkina limonadga tez-tez qarab qo‘ysalar, buning hayratlanadigan yeri yo‘q.

Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan

Instagram: @SamsungUzbekistan

Telegram: t.me/SamsungUzbekistan

Sayt: samsung.uz

Reklama huquqi asosida

Top