Yil boshidan beri 17 mingdan ziyod o‘zbekistonlik fuqaro chet elga ishlash uchun chiqib ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 oyi davomida agentlik tomonidan 17 ming 350 nafar fuqaro xorijiy davlatlarda ishga joylashtirildi. Shundan:
- 15 126 nafari Rossiya Federatsiyasiga;
- 1 795 nafari Qozog‘iston Respublikasiga;
- 420 nafari Janubiy Koreyaga (Ye-8 vizasi va mehnat shartnomalarini qayta tiklash hisobiga);
- 7 nafari BAAga jo‘nab ketdi.
Tashqi mehnat bozoridagi 259ta salohiyatli ish beruvchilar va rekruting agentliklari bilan muzokaralar o‘tkazilib, ulardagi 69 808ta bo‘sh ish o‘rinlari aniqlandi.
O‘zbekistondagi kasb-hunar markazlarida 24 ming 616 nafar fuqaro o‘qishga jalb qilindi, deyiladi xabarda.